Joriy yilda Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada qo‘shimcha 3−4 ta o‘tkazish punkti ochishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi AKIpress.

Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod Jeenbek Kulubayev Jogorku Kenesh deputati Eldar Sulaymanovning Chekobod qishlog‘idagi yopilgan nazorat-o‘tkazish punkti haqidagi bergan savoliga javobida ma’lum qildi.

«Mendagi bor ma’lumotlarga ko‘ra, chegarani ochish uchun Qirg‘izistonga 40 kishidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi keladi. Sizga bu borada yordam berishingizni iltimos qilaman», — degan deputat.

Jeenbek Kulubayev bu masala Qirg‘iziston va O‘zbekiston bosh vazirlari uchrashuvida ko‘tarilganini ma’lum qildi.

«Biz shartlarni hisobga olishimiz kerak, ularning tomoni qanday ish qiladi va bizniki nima qiladi. Biz bu masalani anchadan beri muhokama qilmoqdamiz, bu yil 3−4 ta nazorat-o‘tkazish punktini ochish uchun sharoit yaratamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Kulubayev.