Siyosat

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi
10 aprel 2022, 17:58

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlashtirdi

Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonni ishonchsizlik votumi bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlashtirdi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qilish taklifini bildirgan muxolifat partiya uni pandemiya fonida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklay olmaganlikda, Pokistonni korrupsiyadan holi qilish va’dalarini bajarmaganlikda ayblagan.

O‘rta Chirchiq tumani hokimi o‘zgardi
10 aprel 2022, 10:27

O‘rta Chirchiq tumani hokimi o‘zgardi

Olimjon Nurmatov sog‘lig‘i sababli O‘rta Chirchiq tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bungacha hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ixtiyor Qosimov hokim v.b. bo‘ldi.

Xorijliklar O‘zbekistonda qurilayotgan ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishi mumkin bo‘ladi
9 aprel 2022, 11:42

Xorijliklar O‘zbekistonda qurilayotgan ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishi mumkin bo‘ladi

1 maydan xorijliklarga O‘zbekistonda qurilayotgan ko‘chmas mulkka sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berildi, ularning ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Bundan tashqari, xorij fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun Toshkent viloyati va Toshkent shahrida xarid qilish talab etiladigan ko‘chmas mulk qiymati ham kamaytirildi.

Musa Jamanbayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi
8 aprel 2022, 19:39

Musa Jamanbayev Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Qirg‘iziston prezidenti protokol xizmatini boshqargan Musa Jamanbayev mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi
8 aprel 2022, 17:30

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Uning qurilishi qariyb to‘rt yildan beri davom etmoqda, bugungi kunda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Majmuaning birinchi qavatida muzey ombori, qadimiy qo‘lyozma va osori-atiqalarni saqlash xonalari joylashgan. Binoning 65 metr balandlikdagi gumbazi ostiga esa Islom olamining durdonasi bo‘lmish Usmon mushafi qo‘yilishi reja qilingan.

Nega O‘zbekiston Rossiyani Inson huquqlari kengashidan chiqarish bo‘yicha qarorga qarshi ovoz berdi?
8 aprel 2022, 15:09

Nega O‘zbekiston Rossiyani Inson huquqlari kengashidan chiqarish bo‘yicha qarorga qarshi ovoz berdi?

O‘zbekiston Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov bunday qarorlar «gumonlanayotgan inson huquqlari buzilishining puxta tergovi natijasiga» asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyalari vakillari ham shunga o‘xshash bayonotlar bilan chiqishdi. CNN Rossiya tashkilot a’zo-davlatlariga rezolyutsiyaga ovoz berish «oqibatlari» haqida ogohlantirib, nota jo‘natganligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilmoqda
8 aprel 2022, 14:09

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning javob tashrifi bilan Qirg‘izistonga borishi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashini ta’kidladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonga ikkita maktab qurilishi va Bobur nomidagi O‘sh akademik teatri rekonstruksiyasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

O‘zbekiston Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirishga qo‘yilgan taqiqni olqishlaydi — Ismatulla Irgashev
8 aprel 2022, 13:08

O‘zbekiston Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirishga qo‘yilgan taqiqni olqishlaydi — Ismatulla Irgashev

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev qo‘shni mamlakatning muvaqqat hukumati tomonidan ko‘knori yetishtirishni taqiqlanishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bu qarorni Afg‘onistondagi giyohvandlik moddalari muammosini ildizi bilan yo‘q qilishdagi muhim qaror deb atadi. Bu esa mamlakat xalqaro terrorchilar panohiga aylanmasligiga aniq signal ekanligi ta’kidlandi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi
7 aprel 2022, 23:23

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi

BMT Bosh Assambleyasi favqulodda maxsus sessiyasida Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatdi. Ukraina va 50 dan ortiq boshqa davlatlar taklif qilgan rezolyutsiyani 93 davlat qo‘llab-quvvatladi. 58 davlat betaraf qoldi, 24 delegatsiya, jumladan O‘zbekiston qarshi chiqdi.

Energetika vaziri Alisher Sultanov lavozimidan ozod etildi
7 aprel 2022, 17:55

Energetika vaziri Alisher Sultanov lavozimidan ozod etildi

2019 yildan beri energetika vaziri sifatida ishlab kelayotgan Alisher Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berildi
6 aprel 2022, 13:54

ITSVga tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish vakolati berildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2023-yilga qadar O‘zbekiston tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishning vaqtinchalik mexanizmlarini joriy qilish vakolati berildi. Qolaversa, “O‘ztreyd” va “O‘zsanoateksport"dagi davlat ulushi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga berildi. Bundan tashqari, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 ming dollargacha kreditlar ajratiladi.

«Maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti» — Shavkat Mirziyoyev
5 aprel 2022, 18:08

«Maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident maktablardagi ta’lim sifati va muallimlar salohiyati pastligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda maktabning eng katta muammosi o‘qitish metodikasi mutlaqo eskirganligida. «Afsuski, maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, yanvardagi yig‘ilishda yuklatilgan topshiriqlarni bajarmagan ayrim hokimlarga oxirgi marta 3 oy muddat berildi, keyin, jiddiy chora ko‘riladi.

Toshkentda avtomobil haydash «juda qo‘rqinchli» — Buyuk Britaniya elchisi
5 aprel 2022, 14:09

Toshkentda avtomobil haydash «juda qo‘rqinchli» — Buyuk Britaniya elchisi

«Dunyoning boshqa hech bir mamlakatida men ikki tomonlama qatnov o‘rtasidagi burilib olishlarga duch kelmaganman, bu juda qo‘rqinchli», — dedi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlou. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chalarning to‘g‘ri dizayni, cheklangan tezlikka rioya qilish va haydovchilikka o‘qitishni qayta ko‘rib chiqish vaziyatni yaxshilashi mumkin.

1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi
5 aprel 2022, 09:17

1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi

Prezident qaroriga muvofiq, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi. Unga ko‘ra, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi ma’lum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. Qoida buzmagan haydovchilarga esa bonus ballari beriladi.

«Orqaga qaytish bo‘ldi, lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p». Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida
4 aprel 2022, 17:50

«Orqaga qaytish bo‘ldi, lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p». Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida

«Bu so‘nggi bir necha yil ichida ko‘proq orqaga ketgan sohalardan biri. Lekin ijobiy narsalar hali ham ko‘p», — dedi Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchisi Tim Torlot O‘zbekistondagi so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar va blogerlar unchalik gapirishni xushlamaydigan muammolar hali ham mavjud.

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi rahbar va xodimlarni shtat qisqarishidan ogohlantirdi
4 aprel 2022, 17:29

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi rahbar va xodimlarni shtat qisqarishidan ogohlantirdi

Adliya vazirligi o‘z tizimidagi rahbar va xodimlarni ehtimoliy ishdan bo‘shatilish haqida ogohlantirdi. 207 nafar tuman va shahar adliya bo‘limi boshliqlari, 207 nafar DXM direktorlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. «Maqbullashtirish va shtat qisqarishi asosan rahbar lavozimlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, tumandagi va xizmat ko‘rsatuvchi bironta shtat qisqarmadi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi
1 aprel 2022, 17:06

O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Xitoyda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlar konferensiyasida Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro tan olish mexanizmlari va mezonlarini ishlab chiqishni taklif qildi.

Afg‘on masalasi diqqat markazida qolishi kerak — Norov
1 aprel 2022, 16:36

Afg‘on masalasi diqqat markazida qolishi kerak — Norov

Dunyodagi hodisalar munosabati bilan afg‘on masalasi jahon siyosatida ikkinchi darajaga tushib ketdi. «Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xalqaro hamjamiyat ushbu mamlakatning buguni va ertasi uchun javobgarlikni zimmasiga olishi kerak», — deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov BMT vazirlar anjumanida.

«Samir Rahmonovning o‘limida Bosh prokuraturaning aybi yo‘q» — Svetlana Artikova
1 aprel 2022, 16:25

«Samir Rahmonovning o‘limida Bosh prokuraturaning aybi yo‘q» — Svetlana Artikova

Payshanba kuni Svetlana Artikova Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi oilasiga nafaqa va ma’naviy zararni to‘lashi masalasiga munosabat bildirdi. Uning fikricha, sudning 971 mln so‘mni to‘lash to‘g‘risidagi qarorida qonun talablari buzilgan. «Milliard u yoqqa, milliard bu yoqqa qilsak, unda shifokorlarga, o‘qituvchilarga ustamalarni, oylikni, nafaqani kim to‘laydi?.. Kerak bo‘lsa, Oliy sudgacha ham bosh prokuror o‘rinbosari tarzida takroran kassatsiya keltirishga tayyorman», — dedi u.

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi
1 aprel 2022, 15:36

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi. Tashrif doirasida u ikki davlat chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting