2-may kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Jibuti davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi, deya xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Jibutining BMTdagi doimiy vakili Mohammed Siad Doualeh imzoladi.

Mazkur diplomatik munosabat BMT Nizomining prinsip va vazifalari, xalqaro va shartnomalar, xususan, tinchlik va xavfsizlikni, davlatlar o‘rtasidagi tenglikni, mustaqillikni, hududiy yaxlitlikni ba boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmalikni qo‘llab-quvvatlagan holda amalga oshirildi.

Shunday qilib Sharqiy Afrika mamlakatlaridan biri bo‘lgan Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi. Avvalroq Gambiya, Beliz va Lixtenshteyn davlatlari bilan qo‘shma kommyunikelar imzolangandi.