A’zam Abdullayev Abdushukurovich Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Tayinlov hukumatning 27 apreldagi qarori [216-sonli] bilan amalga oshirildi.

A’zam Abdullayev Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyati cheklanishi ortidan lavozimidan ozod qilingan G‘olibsher Ziyayev o‘rniga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u «Toshshahartransxizmat» AJda rahbar o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.