Vladimir Norov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va uning zimmasiga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Vladimir Norov. Foto: TIV

2021 yil 31 dekabrdan buyon Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2012 yildan beri tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Abdulaziz Kamilov esa prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Abdulaziz Kamilov xorijda davolanayotgani haqida xabar berilgandi.