O‘zbekistonda 9 may — Xotira va qadrlash kunini mamlakatimizda nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari, konslager va Leningrad qamali asirlarining har biri 15 mln so‘mdan pul oladi. Bu haqda prezidenti farmonida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Mansabdor shaxslarga quyidagilar topshirildi:

  • yolg‘iz yashayotgan va muhtojlardan shaxsan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlar yetkazish;
  • urush qatnashchilarining, konslagerlar va Leningrad qamali asirlarining har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirish;
  • 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, xabar olish va sovg‘alar topshirish.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda urush qatnashchilari va mehnatga layoqatsiz faxriylar uchun to‘lanadigan haq miqdori 2 mln so‘m, 2018 yilda 5 mln so‘m, 2019 yilda 7,5 mln so‘m, 2020 yilda 10 mln so‘m, 2021 yilda 12 mln so‘mni tashkil etgan.