28 aprel kuni tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Falastinning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Javad Muhammad Avadni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Vladimir Norov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.