Prezidentning 29 apreldagi farmoniga ko‘ra, Shoxrux Azamatovich Aminov O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bunga qadar Shoxrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan. Bundan oldin esa Navoiy viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritan.