Siyosat

Mirziyoyev Berdimuhamedovni 65 yoshi bilan tabrikladi
29 iyun 2022, 15:50

Mirziyoyev Berdimuhamedovni 65 yoshi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Suhbat chog‘ida prezident Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

MSK referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi
29 iyun 2022, 10:27

MSK referendum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi

Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaviy referendum o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Iyul-avgust oylarida 944 nafar trener 140 mingdan ortiq uchastka-okrug komissiya a’zolarini referendum o‘tkazish qoidalari bo‘yicha o‘qitishi rejalashtirilmoqda.

Markaziy Osiyo ombudsmanlari inson huquqlari bo‘yicha ikkita hujjatni imzolashdi
28 iyun 2022, 19:21

Markaziy Osiyo ombudsmanlari inson huquqlari bo‘yicha ikkita hujjatni imzolashdi

Markaziy Osiyoning beshta davlati ombudsmanlari mintaqada inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ikkita hujjatni imzoladi.

O‘zbekiston paxtani qayta ishlashda yiliga $9 mlrd yo‘qotmoqda — prezident
28 iyun 2022, 19:11

O‘zbekiston paxtani qayta ishlashda yiliga $9 mlrd yo‘qotmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi pastligi oqibatida yiliga 9 mlrd dollar yo‘qotayotganini ma’lum qildi. Shuning uchun prezident mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilashni joriy etdi.

Hokimlarga klasterlarning ichki ishlariga aralashish taqiqlandi
28 iyun 2022, 17:32

Hokimlarga klasterlarning ichki ishlariga aralashish taqiqlandi

Prezident ayrim hokimlar klasterlarni kun davomida majlis va boshqa ishlarga jalb etayotganini tanqid qildi. Shunga ko‘ra, u hokimlarga klasterlarning ichki ish faoliyatiga aralashishni taqiqladi. Qolaversa, endi bitta tumanda ko‘pi bilan ikkita klaster tashkil etishga ruxsat beriladi, hozirgacha uchta edi.

Shavkat Mirziyoyev «Yangihayot» texnoparkidagi loyihalar bilan tanishdi
28 iyun 2022, 11:31

Shavkat Mirziyoyev «Yangihayot» texnoparkidagi loyihalar bilan tanishdi

Prezident «Yangihayot» industrial parkidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Birinchi bosqichda 110 gektar maydon auksionda sotildi, ularda oshxona jihozlari, qandolat va to‘qimachilik mahsulotlari, santexnika tovarlari, metall buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, natijada 20 ming ish o‘rni yaratiladi.

Davlat va fuqaro o‘rtasidagi nizolar inson foydasiga hal qilinadi
28 iyun 2022, 10:24

Davlat va fuqaro o‘rtasidagi nizolar inson foydasiga hal qilinadi

Konstitutsiyani fuqaroning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga hal qilishga oid norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi
27 iyun 2022, 21:26

Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev OAV xodimlariga tabrigida ular faoliyatiga to‘sqinliklar demokratik islohotlarga qarshi harakat sifatida baholanishi kerakligini ta’kidladi. «Sud va prokuratura organlari bizga mutlaqo yarashmaydigan bunday salbiy holatlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozim», — dedi u.

3 yilga OAVlarning foyda solig‘i ikki baravarga qisqartirildi
27 iyun 2022, 16:59

3 yilga OAVlarning foyda solig‘i ikki baravarga qisqartirildi

Prezident qarori bilan shu yilning 1 iyulidan 2025 yilning 1 iyuliga qadar OAVlar foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamroq to‘laydi. Qolaversa, budjet tashkilotlariga elektron OAVlarga obuna bo‘lishga ruxsat berilmoqda.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar loyihasi ommaviy muhokamaga qo‘yildi
25 iyun 2022, 15:28 1

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar loyihasi ommaviy muhokamaga qo‘yildi

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. U PDF formatida joylashtirilgan bo‘lib, alohida moddalarga izoh qoldirish imkoniyati mavjud emas. Lekin fuqarolar o‘z fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega. Muhokama 10 kun davom etadi.

Afg‘onistonga 74 tonna gumanitar yordam jo‘natildi
25 iyun 2022, 13:50

Afg‘onistonga 74 tonna gumanitar yordam jo‘natildi

O‘zbekiston zilzila va toshqindan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga 74 tonna gumanitar yordam jo‘natdi.

Prezidentlik muddatini 7 yilga uzaytirish taklif qilinmoqda
25 iyun 2022, 10:30 5

Prezidentlik muddatini 7 yilga uzaytirish taklif qilinmoqda

Konstitutsiyaga taklif qilingan o‘zgartishlarda O‘zbekiston prezidentining vakolat muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish g‘oyasi ilgari surildi.

MDH davlatlari mudofaa vazirlari Moskvada uchrashdi
24 iyun 2022, 22:12 1

MDH davlatlari mudofaa vazirlari Moskvada uchrashdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Moskvada MDH mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi. Unda ishtirokchilar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini hisobga olgan holda dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda ishtirok etdi
24 iyun 2022, 20:05

Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev «BRIKS plyus» formatidagi onlayn forumda qatnashib, xalqaro keskinlik tobora kuchayib borayotgani va tizimli iqtisodiy inqiroz belgilari namoyon bo‘layotgan sharoitda O‘zbekiston keng ko‘lamli hamkorlik, shu jumladan «Janub-Janub» formatidagi sheriklik uchun ochiq ekanini ma’lum qildi.

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi 25 iyun kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi
24 iyun 2022, 18:46

Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi 25 iyun kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi

Deputatlar Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga oid qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Konstitutsiyaviy komissiya takliflarni Qonunchilik palatasiga kiritgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bosh qonun loyihasi 25 iyundan 4 iyulga qadar umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi.

2021 yil noyabr oyidan buyon Afg‘onistonga Termiz orqali 42 ming tonna mahsulot yetkazib berildi
24 iyun 2022, 18:25

2021 yil noyabr oyidan buyon Afg‘onistonga Termiz orqali 42 ming tonna mahsulot yetkazib berildi

2021 yil noyabr oyidan buyon Termiz orqali Afg‘onistonga 42 ming tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. O‘zbekiston TIV xalqaro sheriklarni Termiz logistika xabidan foydalangan holda mazkur davlatni qo‘llab-quvvatlashda faol hamkorlik qilishni taklif etdi.

14 ta tuman va shaharda elektr energiyasini sotuvchi xususiy kompaniyalar tashkil etiladi
24 iyun 2022, 08:43

14 ta tuman va shaharda elektr energiyasini sotuvchi xususiy kompaniyalar tashkil etiladi

O‘zbekistonda energetika bozorini boshqarishning yangi tizimi joriy etiladi, xususan, «O‘zbekiston MET» kompaniyasining elektr energiyasini yagona xarid qilish va magistral tarmoqlarni boshqarish vakolatlari xususiy korxonalarga o‘tkaziladi. Dastlab 14 ta tuman va shaharda xususiy kompaniyalar tashkil etiladi.

XVJ iyun oxirigacha davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanishini kutmoqda, ammo bu dargumon
23 iyun 2022, 21:19

XVJ iyun oxirigacha davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanishini kutmoqda, ammo bu dargumon

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun iyun oxirigacha tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Prezident farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvardan joriy etish ko‘rsatmasi berilgan edi.

O‘zbekiston zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor — TIV
22 iyun 2022, 20:24

O‘zbekiston zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor — TIV

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib, hukumat tabiiy ofat oqibatlarini tezroq bartaraf etishda Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi bir oydan kamroq vaqt ichida tayyorlandi
22 iyun 2022, 17:57

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi bir oydan kamroq vaqt ichida tayyorlandi

Konstitutsiyaviy komissiyaning ilk yig‘ilishidan bir oy ham o‘tmasdan Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, Bosh qonunning 66 ta moddasiga 170 dan ortiq tuzatish kiritilmoqda. Biroq, loyihaning to‘liq shakli e’lon qilinmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting