O‘zbekiston zilzila va undan keyingi suv toshqinidan zarar ko‘rgan qo‘shni Afg‘oniston mamlakatiga samolyot orqali 74 tonna gumanitar yordamini yubordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili, Yusup Qobuljonov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yordam prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra yuborilgan. Yuk oziq-ovqat, zarur predmetlar va dori-darmon vositalarini o‘z ichiga olgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila natijasida 1150 kishi vafot etgan va 1500 kishi yaralangan.