Siyosat

Prezident BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zladi
22 fevral 2021, 15:32

Prezident BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zladi. Uning nutqidan asosiylari: yaqin vaqt ichida parlament Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qiladi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ladi, qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston bu bo‘yicha maxsus ma’ruzachini taklif etishni ko‘zlamoqda, qolaversa, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar tashrifi ham kutilmoqda.

Prezident — ayollarning ishlashini taqiqlaydigan erkaklar haqida
22 fevral 2021, 13:12

Prezident — ayollarning ishlashini taqiqlaydigan erkaklar haqida

«„Eri ruxsat bermasa deyapti“. Bu ham hozir bizning Namanganda mana shu ibora paydo bo‘lyapti. Bu ibora bilan ham kurashishimiz kerak. Nimaga desangiz, hammamiz teng bo‘lib, ayollarimizni ham munosib ish bilan ta’minlashimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistondagi suv ta’minotini rivojlantirishga ko‘maklashadi
22 fevral 2021, 09:54

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistondagi suv ta’minotini rivojlantirishga ko‘maklashadi

Fransiyaning «SUEZ» kompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta’minoti tizimlarini takomillashtirish uchun loyihalarni amalga oshiradi. Fransiya tomonidan Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln yevro ajratiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryodagi umumta’lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

«Eng ma’qulini, xalqimizga foydasi ko‘proq vaksinani sotib olamiz» — prezident
20 fevral 2021, 22:56

«Eng ma’qulini, xalqimizga foydasi ko‘proq vaksinani sotib olamiz» — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston aholisi uchun koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. «Eng ma’qulini topamiz. Bizning iqlimimizga mos, xalqimizga foydasi ko‘proq bo‘ladigan vaksinani sotib olamiz», dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
20 fevral 2021, 17:16

Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi. Shavkat Mirziyoyev mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.

«Bu sizning yuzingiz». Prezident IIB tayanch punkti ahvoli uchun hokim va prokurorni tanqid qildi
19 fevral 2021, 18:59

«Bu sizning yuzingiz». Prezident IIB tayanch punkti ahvoli uchun hokim va prokurorni tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahri hokimi va prokurorini «Bunyodkor» mahallasining holati uchun tanqid qildi. «Bu sizning yuzingiz», — dedi u, IIB tayanch punktining oqlanmagan devorlarini ko‘rsatib.

«Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha mablag‘ kelmagan» — Shavkat Mirziyoyev
19 fevral 2021, 17:25

«Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha mablag‘ kelmagan» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga 2021−2022 yillarda umumiy qiymati 23 trln 700 mlrd so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi. Bundan tashqari, Namangan shahri infratuzilmasini yaxshilashga, loyihalarni moliyalashtirish va limonchilikni rivojlantirishga 60 mln dollar ajratiladi. «Agar shuni to‘g‘ri, samarali yo‘naltirib ishlatsak, viloyatning iqtisodiyoti jadal rivojlanadi, hamma tumanlarga sanoat kirib boradi, odamlar ishli bo‘ladi», — dedi prezident.

«Ular topshiriqlarimni muhokama qilmasdi» — prezident Xayrulla Bozorov va O‘ktam Barnoyev haqida
19 fevral 2021, 15:22

«Ular topshiriqlarimni muhokama qilmasdi» — prezident Xayrulla Bozorov va O‘ktam Barnoyev haqida

Prezident Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va bosh vazirning sobiq o‘rinbosari, marhum O‘ktam Barnoyevni hududlar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun maqtadi. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ular prezidentning topshirig‘ini «vaqtida» va «muhokama qilmasdan» bajarishardi.

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 fevral 2021, 13:45

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan Barhayot Meliyev Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

«O‘sha uyda yotasizlar, ishini qilib, keyin chiqib ketasizlar». Prezident rahbarlar aholi muammolarini qanday yechishi kerakligini aytdi
19 fevral 2021, 12:54

«O‘sha uyda yotasizlar, ishini qilib, keyin chiqib ketasizlar». Prezident rahbarlar aholi muammolarini qanday yechishi kerakligini aytdi

O‘zbekiston prezidenti aholini kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga to‘xtalib, «endi pul berilmasligini, kim nimaga qodirligiga qarab imkoniyat yaratilishini» ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev vazir va davlat idoralari rahbarlariga muammoli hududlarda aholi bilan birga yashab, masalalarni hal etishni buyurdi. «O‘sha uyda yotasizlar, yotib, o‘sha uyni ishini qilib, keyin chiqib ketasizlar», — dedi u.

Prezident IIB yoshlar yetakchisini Namangan shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlashni taklif etdi
19 fevral 2021, 12:35

Prezident IIB yoshlar yetakchisini Namangan shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlashni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yoshlar yetakchisi Dostonbek Abduqahhorovni Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlash bo‘yicha taklif kiritdi.

«Abdurazoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q» — prezident Namangan viloyati hokimi haqida
19 fevral 2021, 12:06

«Abdurazoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q» — prezident Namangan viloyati hokimi haqida

Prezident ishtirokidagi xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi yig‘ilishida Shavkat Abdurazoqov Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi. «Namangan tumani va shahrida ishlagan, uni olib ketib, Toshkentdagi kabinetlarni ko‘rsatganman, ularni eshigini qanday ochishni o‘rgatganman. Hozirgi lavozimga Abdurazoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q», — dedi Shavkat Mirziyoyev u haqida.

Prezident — OAV, Namangan viloyati hokimi va muammolari to‘g‘risida
19 fevral 2021, 11:51

Prezident — OAV, Namangan viloyati hokimi va muammolari to‘g‘risida

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga safari doirasida ilk bor mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. U OAVni to‘rtinchi emas, balki birinchi hokimiyat deb bilishini, viloyatga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadlaridan biri hokim tayinlash ekanini ma’lum qildi. Prezident v. b. hokim Shavkatjon Abdurazzoqovni sinovdan o‘tgan inson ekanini aytib, viloyatdagi qator muammolarni sanab o‘tdi.

«Mahalla raisi islohotchi bo‘ladi» — prezident Namangandagi yangi tajriba haqida
19 fevral 2021, 10:53 1

«Mahalla raisi islohotchi bo‘ladi» — prezident Namangandagi yangi tajriba haqida

Shavkat Mirziyoyev mahalla raislarini yoshlar orasidan saylashni taklif etdi. Bundan tashqari, prezident Namangan shahri to‘rtta sektor rahbarining taqdiri majlisdan so‘ng, mahallalarni aylanish vaqtida hal bo‘lishini aytdi. «Moshinaga o‘tirib, o‘zim xohlagan mahallaga boraman. Shunga qarab shaharning 4 ta sektor rahbari masalasi hal bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammo haqida
18 fevral 2021, 23:24

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammo haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida mamlakat rivojiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni qayd etdi. Uning fikricha, kadrlar masalasi, korruputsiya va davlat idoralari rahbarlarining saviyasi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro yer almashadi — Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari
18 fevral 2021, 20:51

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘zaro yer almashadi — Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari

«Ba’zi joylardagi ayrim uchastkalarni beramiz, boshqa joylardagi uchastkalarni esa olamiz», — deya ma’lum qildi Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev o‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralari demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar to‘g‘risida so‘zlar ekan.

Xonobodda radiatsiya borligi mutaxassis bo‘lmagan odamlarning fikri — Mudofaa vazirligi
18 fevral 2021, 17:18

Xonobodda radiatsiya borligi mutaxassis bo‘lmagan odamlarning fikri — Mudofaa vazirligi

«Qarshi-Xonobod» harbiy zonasida radiatsiya mavjudligi masalasiga Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, ushbu harbiy zonadagi barcha aholi va harbiylar doimiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tibbiy xizmat polkovnigi Nodir Fozilov aholi orasida nur kasalligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar qayd etilmaganligini qayd etdi. «Bu mutaxassis bo‘lmagan odamlarning fikri ekanligi ko‘rinib turibdi», — dedi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi.

Turkmaniston poytaxtida «Toshkent» nomli istirohat bog‘i quriladi
18 fevral 2021, 14:54

Turkmaniston poytaxtida «Toshkent» nomli istirohat bog‘i quriladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkmaniston rahbari Ashxobod shahrida «Toshkent» nomli istirohat bog‘i qurilishini ma’lum qildi.

Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari pora evaziga tadbirkorga yer olib bergan
18 fevral 2021, 11:58

Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari pora evaziga tadbirkorga yer olib bergan

Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z lavozimida ishlagan vaqtida tuman hududidan tadbirkorga 30 sotix yer maydoni ajratilishi uchun hokim qarorini chiqartirib berib, evaziga undan 35 ming dollar olgan. U olingan pulning bir qismini qaytarib berayotganida qo‘lga olindi. Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi yerlarni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan boshqa shaxslar ham ushlandi. Ulardan biri Parkent tumanida 5 gektar yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi
18 fevral 2021, 10:23

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting