Namangan viloyati xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida, Shavkat Mirziyoyev viloyat IIB yoshlar yetakchisi, 31 yoshli Dostonbek Abduqahhorovni Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlashni taklif etdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Davlat rahbari unga Namanganni yangi tajribasi bo‘yicha ishlashini, mahallabay ishlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga oid topshiriqlar berdi. So‘ng, ushbu vazifani uddalay olish yoki olmasligini so‘radi.

Dostonbek Abduqahhorov prezidentning ishonchini oqlashini aytib, mazkur vazifalarni bajarishda bor kuch g‘ayratini ayamasligini ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z o‘rnida, xuddi shunday yoshlarni tarbiya qilayotgani uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga minnatdorchiligini bildirdi.