Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Barhayot Meliyev 2010 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.