Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati deputatlari yig‘ilishida bosh vazirning sobiq o‘rinbosari, marhum O‘ktam Barnoyev va Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«Men nima uchun Xayrulla Bozorovni qo‘llab-quvvatlayman. U men aytgan topshiriqlarni muhokama qilmasdan bajaradi. Unday hokim kam. Rahmatli Barnoyev ham muhokama qilmasdan, aytgan topshiriqlarni vaqtida bajarar edi. Buxoro viloyati uch yilda keskin o‘zgardi, borib ko‘ringlar.

Namanganda birorta katta korxona yo‘q. Xayrulla Bozorov aytganlarimni bajarib, tadbirkorlarni orqasidan ergashdi. Kichik-kichik korxonalar hokimga ishondi. Hokimga ishondi degani — davlatga ishondi, degani. Tadbirkorlar sarmoyasini qo‘ya boshladi", — dedi davlat rahbari.

5 fevral kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga bo‘lgan tashrifi davomida Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tasdiqlangan edi.