17 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Abdulaziz Komilov Turkmaniston rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, shu jumladan, 2021 yilning Xalqaro tinchlik va ishonch yili deb e’lon qilinishi millatlar hamjamiyati uchun muhim qaror bo‘lganligini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda Orol dengizi, qo‘shni Afg‘oniston mamlakati masalalarida hamkorlik qilish muhokama qilindi. 2020 yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida tovar ayirboshlash 8,6 foizga oshgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda Turkmaniston prezidenti «Toshkent» nomli istirohat bog‘i qurilishi rejalashtirilayotganini e’lon qildi.