O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralar bo‘yicha muzokaralarni mart oyining birinchi o‘n kunligida tiklaydilar. Bu haqda 18 fevral kuni Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi, deb yozadi AKIpress agentligi.

Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari 2020 yil dekabr oyida O‘zbekistondan bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi 20 kishilik delegatsiya Qirg‘izistonga tashrif buyurganini yodga oldi.

«Oxirgi protokol tungi soat 3 da imzolandi. Ular chirandilar, biz chirandik. Natijada tungi soat 3 da protokol imzolandi. Muzokaralar shunday davom etadi, tortishuvlar bo‘lib o‘tadi, ba’zan juda qaynoq. Natijada, biz bir narsaga kelmoqdamiz», — dedi Kamchibek Tashiyev.

Muzokaralar haqida gapirar ekan, u «biz ba’zi joylarda uchastkalardan voz kechamiz, boshqa joylarda boshqa uchastkalarni olamiz», deb ta’kidladi.

«Shunday yo‘l bilan masala hal qilinmoqda. Ha, . Ammo boshqa yo‘l bilan ishlamaydi. Masalan, biz Ala-Bukdan (Namangan viloyati chegarasi yaqinida — tahr.) yerni beramiz, ammo Suzoqdan (Andijon viloyati bilan chegara yaqinida — tahr.) yer olamiz», — dedi Davlat qo‘mitasi rahbari.

Kamchibek Tashiyev «aynan bizning yerimizni berishdi», deb aytishni noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

«Bu faqatgina sizning yeringiz emas, balki bu davlatning yeridir. Boshqa joyda uchastka olishimiz uchun bu uchastkani berishimiz kerak… Men hammasi haqida gapirmayman, bir narsani aytaman — biz davlat chegaralarini mustahkamlaymiz», — dedi u.

Avgust oyida Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovning O‘zbekistonga tashrifi arafasida O‘zbekiston bilan chegaralar to‘liq tavsiflab chiqilmaganini eslagan edi.