Siyosat

Kelgusi 5 yilda 31 ta yangi sud binolari quriladi va mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi
27 fevral 2021, 22:02

Kelgusi 5 yilda 31 ta yangi sud binolari quriladi va mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi

Sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. 2021−2025 yillarda O‘zbekistonda 31 ta sudning yangi binosi qurilsa, mavjud 107 tasi rekonstruksiya qilinadi. Loyihalarning dastlabki qiymati — qariyb 644 mlrd etib belgilangan.

Senat 12-mart kuni bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi
27 fevral 2021, 16:05

Senat 12-mart kuni bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi

Senat navbatdagi yalpi majlisda Konstitutsiyaviy sud, davlat xaridlari, ekologik audit, dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga oid qonunlar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish yuzasidan Hukumatga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari muhokama qilinadi.

«Biz oxirgi 10−15 yil ichida onkologiya sohasi jilovini qo‘yib yubordik» — prezident
26 fevral 2021, 22:10

«Biz oxirgi 10−15 yil ichida onkologiya sohasi jilovini qo‘yib yubordik» — prezident

«Meni onkologiya sohasidagi muammolar xavotirga solayapti. Biz oxirgi 10−15 yil ichida ushbu soha jilovini qo‘yib yubordik», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, yaqin kunlarda onkologiya sohasidagi muammolar yechimiga qaratilgan muhim qaror qabul qilinadi. Qolaversa, joriy yilda qariyb 9 mln ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Viloyat hokimlari 100 nafardan muhtoj xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi — prezident
26 fevral 2021, 21:53

Viloyat hokimlari 100 nafardan muhtoj xotin-qizlarning kontraktini to‘lab beradi — prezident

O‘zbekistonda barcha viloyat hokimlari mahalliy byudjet hisobidan 100 nafardan muhtoj qizlar va ayollarning OTM kontrakt pullarini to‘lab beradi, deya tak’idladi prezident. Unig so‘zlariga ko‘ra, «qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan» xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim joriy qilinadi.

Prezident raisligida xotin-qizlar muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi
26 fevral 2021, 19:50

Prezident raisligida xotin-qizlar muammolari va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi

Prezident raisligida ayni paytda o‘tayotgan yig‘ilishda xotin-qizlar salomatligi, aholi bandligi, ijtimoiy farovonlik va xavfsizlik muammolari muhokama qilinmoqda. “Eng achinarlisi, ayollarni xo‘rlash, o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish hamda omma oldida „sazoyi“ qilish holatlari oddiy holatga aylanib bormoqda”, — deya ta’kidladi prezident.

Prezident amaldorlarga mahallalarga ko‘chib o‘tishni taklif qildi
26 fevral 2021, 18:20

Prezident amaldorlarga mahallalarga ko‘chib o‘tishni taklif qildi

Prezident Farg‘onadagi Shodiyona va Namangandagi Bunyodkor mahallalaridagi vaziyatni «prezident siyosatiga xiyonat» deb atadi. Davlat rahbari «quyidagi» muammolarni tushunish hamda vazifa va topshiriqlarni «to‘g‘riroq» belgilab olish uchun amaldorlarga mahallalarga ko‘chib o‘tishni taklif etdi.

«Hozir parlament batamom mustaqil» — Tanzila Narbayeva
26 fevral 2021, 15:06

«Hozir parlament batamom mustaqil» — Tanzila Narbayeva

«Parlament Prezidentning aytganini qiladi degan gap avvalgi vaqt uchun to‘g‘ri kelar edi, avvalgi vaqtdagi dunyoqarash bu» — deydi Senat raisi Tanzila Narbayeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament hozir to‘liq mustaqil va unga hech kim bosim o‘tkazmaydi.

Qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish tartibi belgilandi
26 fevral 2021, 12:01

Qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Jarayonga jamoatchilik jalb qilinadi — fuqarolar regulation.gov.uz portalida cheklist to‘ldirib normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.

Toshkent yaqinida dendropark va Olimpiya shaharchasi quriladi
25 fevral 2021, 23:58

Toshkent yaqinida dendropark va Olimpiya shaharchasi quriladi

Yangi aerodrom yaqinida faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat dendropark (155 gektar), shuningdek, uning yonida Olimpiya shaharchasi (160 gektar) qurilishi rejalashtirilmoqda. Chirchiq daryosining qirg‘oqlarida ham park (270 gektar) bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda
25 fevral 2021, 01:46

2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilmoqda

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda 2021-yilgi sug‘orish mavsumida suv ta’minoti 25 foiz kam bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shu bois, 430 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali 3 mlrd kubmetr suvni tejash lozimligi ta’kidlandi.

Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga 24 trln so‘m yo‘naltiriladi
25 fevral 2021, 01:28

Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga 24 trln so‘m yo‘naltiriladi

Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda bu yil Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga 24 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ma’lum qilindi. Bunda, birinchi marta, sabzavot yetishtirishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar berish uchun 300 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish nazarda tutilgan.

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 fevral 2021, 09:42

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shuhrat Musayev Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bundan avval, u viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lgan.

Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
23 fevral 2021, 17:40

Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati qayta tashkil qilinadi
23 fevral 2021, 11:59

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati qayta tashkil qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etildi. Boshqarma mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlash xizmatlari uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili asosida amalga oshiradi.

Noqonuniy boyish uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
23 fevral 2021, 10:25

Noqonuniy boyish uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

Jinoyat kodeksining yangi tahririda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Jumladan, davlat xizmatchilarining noqonuniy boyishi to‘g‘risida modda va nomoddiy foyda to‘g‘risida norma paydo bo‘ladi.

Bolaning o‘qishga kirishi maktabning bo‘ynida emas — Rasul Kusherbayev
22 fevral 2021, 18:59 1

Bolaning o‘qishga kirishi maktabning bo‘ynida emas — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev OTMga kirolmagan o‘quvchilar sababli maktab direktorlari ishdan olinishi «demagogiya ekanligi» va o‘qituvchilarning bunda aybi yo‘qligini ta’kidladi. «Bolaning tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lsa, o‘qishga kirishni xohlamasa ham biz o‘qituvchini ayblaymizmi?», — dedi deputat. Uning aytishicha, bunday talab qonunchilik yoki Mehnat kodeksida belgilanmagan.

«Ruxsat beradiganlarning o‘zi tayyor emas» — Rasul Kusherbayev hokimlik saylovlari haqida
22 fevral 2021, 16:08

«Ruxsat beradiganlarning o‘zi tayyor emas» — Rasul Kusherbayev hokimlik saylovlari haqida

Deputat Rasul Kusherbayev xalq hokimlarni saylashga tayyor emasligi haqidagi fikrga ko‘shilmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ruxsat berayotganlarning o‘zi tayyor emas». «Ularda qo‘rquv bo‘lishi mumkin. Qaysi ma’noda, ular xohlagan odamni, odamlar saylamasligi mumkin», — dedi u. Prezident hokimlarni xalq saylashi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u bunga saylanayotganlar ham, saylovchilar ham tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan.

Prezident BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zladi
22 fevral 2021, 15:32

Prezident BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zladi. Uning nutqidan asosiylari: yaqin vaqt ichida parlament Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qiladi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ladi, qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston bu bo‘yicha maxsus ma’ruzachini taklif etishni ko‘zlamoqda, qolaversa, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar tashrifi ham kutilmoqda.

Prezident — ayollarning ishlashini taqiqlaydigan erkaklar haqida
22 fevral 2021, 13:12

Prezident — ayollarning ishlashini taqiqlaydigan erkaklar haqida

«„Eri ruxsat bermasa deyapti“. Bu ham hozir bizning Namanganda mana shu ibora paydo bo‘lyapti. Bu ibora bilan ham kurashishimiz kerak. Nimaga desangiz, hammamiz teng bo‘lib, ayollarimizni ham munosib ish bilan ta’minlashimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistondagi suv ta’minotini rivojlantirishga ko‘maklashadi
22 fevral 2021, 09:54

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistondagi suv ta’minotini rivojlantirishga ko‘maklashadi

Fransiyaning «SUEZ» kompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida suv ta’minoti tizimlarini takomillashtirish uchun loyihalarni amalga oshiradi. Fransiya tomonidan Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln yevro ajratiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryodagi umumta’lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting