Siyosat

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev senator bo‘ldi
16 iyun 2023, 10:34

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev senator bo‘ldi

Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev saylandi.

O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisini 70 yoshi bilan tabrikladi
15 iyun 2023, 15:44

O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisini 70 yoshi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga 70 yoshga kirgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Shuningdek, uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Transport vaziri basketbol federatsiyasi raisi bo‘ldi
15 iyun 2023, 15:12

Transport vaziri basketbol federatsiyasi raisi bo‘ldi

2020-yildan beri O‘zbekiston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Ilhom Maxkamov endilikda Basketbol federatsiyasiga ham raislik qiladi.

Belarus bilan yangi multimodal transport koridorini yaratish masalasi muhokama qilindi
15 iyun 2023, 11:51

Belarus bilan yangi multimodal transport koridorini yaratish masalasi muhokama qilindi

Toshkentda Belarus delegatsiyasi bilan Belarusdan Pokistongacha bo‘lgan yangi multimodal transport yo‘lagini shakllantirish, shuningdek, milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama etilmoqda. Multimodal koridorni birgalikda yaratish tashabbusini Abdulla Aripov ilgari surgandi.

Ashraf Salaydinov Mirobod tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
15 iyun 2023, 09:38

Ashraf Salaydinov Mirobod tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Saylov uchustkalari brayl trafaretlari bilan ta’minlanadi — MSK
14 iyun 2023, 12:38

Saylov uchustkalari brayl trafaretlari bilan ta’minlanadi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi hamda ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov senator bo‘ldi
13 iyun 2023, 16:35

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov senator bo‘ldi

Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov saylandi.

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagida yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi
13 iyun 2023, 14:02

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagida yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab Xitoyning Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat ilk blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Qiymati 2,5 mln dollarni tashkil etuvchi yuk poyezdi 15 kunda kelishi belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda saylovoldi kampaniyasini davom ettirmoqda
13 iyun 2023, 13:55

Shavkat Mirziyoyev Xorazmda saylovoldi kampaniyasini davom ettirmoqda

Saylovoldi tashviqotini Nukusdan boshlagan O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Urganchga keldi.

Aholidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha penya kechib yuboriladi — Shavkat Mirziyoyev
13 iyun 2023, 09:36

Aholidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha penya kechib yuboriladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Nukusda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida O‘zbekiston aholisining 500 mlrd so‘m mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha penyadan kechib yuborilishini aytib, “Ochiq budjet” loyihasiga ajratiladigan mablag‘ni oshirishga va’da berdi. Loyihalar g‘alaba qozonishi uchun 1500 ta ovoz olishi kerak.

“Olis ovullardagi bolalar uchun avtobuslar qatnovini Qoraqalpog‘istondan boshlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev
12 iyun 2023, 23:23

“Olis ovullardagi bolalar uchun avtobuslar qatnovini Qoraqalpog‘istondan boshlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish Qoraqalpog‘istondan boshlangan edi. Olis ovullardagi bolalar uchun maktab avtobuslari qatnovini yo‘lga qo‘yish ham shu zamindan boshlanadi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u respublika maktablarida to‘lib-toshgan sinflar bo‘lmasligiga va’da berdi.

Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning munosib farzandi bo‘lishga harakat qilaman”
12 iyun 2023, 22:46

Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning munosib farzandi bo‘lishga harakat qilaman”

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzod sifatida saylovchilar bilan ilk uchrashuvini Nukusda o‘tkazdi. U har kunini xalqqa xizmat qilishga bag‘ishlashga va’da berdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Qoraqalpog‘istonning farzandi ekanini yana bir bor ta’kidladi. “Shunga munosib bo‘lish uchun harakat qilaman”, — dedi u.

“Yashil taraqqiyot uchun!” Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturi
12 iyun 2023, 17:40

“Yashil taraqqiyot uchun!” Abdushukur Xamzayevning saylovoldi dasturi

Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev saylovoldi dasturida 2030-yildan boshlab, 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni ta’qiqlash, chiqindilardan energiya manbai sifatida foydalanish, 100 yoshdan oshgan daraxtlarga tabiiy yodgorlik maqomini berish kabi masalalar o‘rin olgan.

Mirobod tumani hokimi “HET”ning Toshkent shahri filialiga bosh direktor bo‘ldi
12 iyun 2023, 16:35

Mirobod tumani hokimi “HET”ning Toshkent shahri filialiga bosh direktor bo‘ldi

Mirobod tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Shuxrat Pulatov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahri filiali bosh direktori etib tayinlandi. Agzam Izbosarov esa “HET” boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

“Adolat — har bir inson uchun!” Robaxon Mahmudovaning saylovoldi dasturi
12 iyun 2023, 15:11

“Adolat — har bir inson uchun!” Robaxon Mahmudovaning saylovoldi dasturi

“Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova sud qarorlarini ijro qilish vakolatini prokuratura va ichki ishlar organlaridan adliya idoralariga berish, yagona Tergov qo‘mitasini tuzish, bolalarga bepul stamotologiya xizmati ko‘rsatilish kabi masalalarni o‘z saylovoldi dasturiga kiritdi.

“Ijtimoiy davlat sari”. Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi
12 iyun 2023, 14:37

“Ijtimoiy davlat sari”. Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturi

XDPdan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash, kommunal xizmatlar tariflari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, “maktab solig‘i”ni joriy etish kabi masalalarini o‘z saylovoldi dasturida ilgari surdi.

O‘zbekiston Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini bildirdi
12 iyun 2023, 14:26

O‘zbekiston Qozog‘istonga o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston tomoni Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
11 iyun 2023, 11:00

Ekologiya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Obidjon Qudratov qayta nomlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariga birinchi o‘rinbosar, Jusipbek Kazbekov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.

Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi
10 iyun 2023, 17:00

Aziz Abduhakimov ekologiya vaziri lavozimiga ma’qullandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Aziz Abduhakimov nomzodini ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qulladi.

DIIHB O‘zbekistonda prezident saylovini kuzatish missiyasini ochdi
10 iyun 2023, 09:41

DIIHB O‘zbekistonda prezident saylovini kuzatish missiyasini ochdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini kuzatish uchun missiyasini ochdi. Ekspertlar saylovning xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka muvofiqligini baholaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting