Toshkent shahar Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov qaror imzoladi.

Qarorga ko‘ra, Mirobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Salaydinov Ashraf Goyibnazarovichga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgan.

Avvalroq Mirobod tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Shuxrat Pulatov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahri filiali bosh direktori etib tayinlangandi.