12-iyun kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida elektr energetika tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar bermoqda AJ matbuot xizmati.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Faxriddinovich Agzam Izbosarov tayinlandi.

агзам избосаров, шuхрат пuлатов, ҳuдuдий elektr tarmoqlari

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.

Ayni kungacha (2017-yil aprelidan beri) Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdujabbarovich Shuxrat Pulatov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahri filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda 25-avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

O‘shanda Agzam Izbosarov “Mardlik” ordeni bilan, Shuxrat Pulatov esa “Shuhrat” medali bilan mukofotlangandi.

Shuningdek, Energetika vazirligida tayinlov amalga oshirildi. Hasan Toshxo‘jayev energetika vazirining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

агзам избосаров, шuхрат пuлатов, ҳuдuдий elektr tarmoqlari