Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Surxondaryo viloyat, Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev ishtirok etdi.

Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Qosimov 13-mart kuni 2019-yil mayidan beri hokim sifatida ishlab kelgan, 2022-yil dekabrda lavozimidan ozod etilgan To‘ra Bobolovning o‘rniga hokim etib tasdiqlangandi.