Aziz Abduhakimov ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qullandi. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Prezidentning “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlangandi.

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar vazir lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini ko‘rib chiqdi. Deputatlar uning nomzodini ma’qulladi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilgandi. Xususan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi birlashtirilib, Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilgandi. Unga Aziz Abduhakimov rahbar etib tayinlangandi.