Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi
5 iyul 2023, 13:26

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilgani haqida gapirib, buni yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi. “Biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz”, — dedi u.

“Poytaxtda dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev
5 iyul 2023, 13:20

“Poytaxtda dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev poytaxtga 1200 ta elektrobus olib kelinishi va ularning jamoat transportidagi ulushi 50 foizga yetkazilishini aytdi. “Dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi”, — dedi nomzod.

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz”ga rahbar etib tayinlandi
5 iyul 2023, 10:19

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz”ga rahbar etib tayinlandi

Mart oyidan buyon kompaniya rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Uning o‘rinbosarlari Odil Temirov va Rustam Sherov mas’uliyat sohasi o‘zgartirilgan holda lavozimlariga qayta tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev SHHTning qo‘shnichilik va ishonch kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi
4 iyul 2023, 18:31

Shavkat Mirziyoyev SHHTning qo‘shnichilik va ishonch kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti SHHTning onlayn sammitidagi nutqida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga kuchli ehtiyoj borligini ma’lum qildi. U SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi rahbar tayinlandi
4 iyul 2023, 13:04

“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Jo‘rayev “Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasining boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Sardor Isaqulov esa uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Zilziladan jabr ko‘rgan Hatay aholisiga O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan modulli uylar topshirildi
4 iyul 2023, 10:00

Zilziladan jabr ko‘rgan Hatay aholisiga O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan modulli uylar topshirildi

Fevral oyidagi zilzilalardan katta talafot ko‘rgan Turkiyaning Hatay viloyatida aholiga 57 ta modulli uy topshirildi. Ular O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan sotib olingan.

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etadi
3 iyul 2023, 20:13

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklidagi majlisida ishtirok etadi. Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan suv shartnomasini qayta ko‘rib chiqmoqchi
3 iyul 2023, 17:19

Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan suv shartnomasini qayta ko‘rib chiqmoqchi

Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvni o‘zgartirmoqchi. Qozog‘iston tomoni O‘zbekistondan kelayotgan ifloslantiruvchi moddalar tufayli daryoning ekologik holati buzilganini bildirdi.

Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi
3 iyul 2023, 13:10

Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi

Shavkat Mirziyoyev imzolangan qonun bilan Qozog‘iston bilan chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Toshkentda xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi boshlandi
3 iyul 2023, 12:30

Toshkentda xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi boshlandi

Toshkentda 3−7-iyul kunlari Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasidagi 50 dan ziyod konferensiya, davra suhbatlari va amaliy muloqotlarda 60 dan ziyod davlatdan 450 dan ortiq siyosat va jamoat arboblari, yirik biznes vakillari va ekspertlar qatnashadi.

Prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati 2-iyul kuni o‘tkaziladi
2 iyul 2023, 09:38

Prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati 2-iyul kuni o‘tkaziladi

2-iyul kuni soat 18:00 da prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati bo‘lib o‘tadi. U davlat boshqaruvi tizimi va sud-huquq sohasini rivojlantirishga bag‘ishlanadi.

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi
30 iyun 2023, 18:23

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi

O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi nisbatan sust o‘tmoqda, deyiladi YeXHT DIIHB missiyasi oraliq hisobotida. Unda aytilishicha, rasmiylar YeXHTning ilgari bergan ayrim tavsiyalarini inobatga olgan, qolganlarini esa saylovdan keyin ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi
29 iyun 2023, 17:01

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi. Mamlakatda uning sharafiga Arqadag‘ shahri ochildi.

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti va xalqiga xorijiy yetakchilardan tabriklar keldi
28 iyun 2023, 16:06

Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti va xalqiga xorijiy yetakchilardan tabriklar keldi

Qurbon hayiti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar keldi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon orden bilan mukofotlandi
27 iyun 2023, 20:10

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon orden bilan mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hamda marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonni “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
27 iyun 2023, 19:50

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shu bilan birga, davlat rahbari dunyoning boshqa hududlaridagi musulmonlarga ham o‘z tabriklarini yo‘llab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik va taraqqiyot tiladi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Rossiyadagi vaziyatdan xabardor qildi
24 iyun 2023, 16:52

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Rossiyadagi vaziyatdan xabardor qildi

Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda unga Rossiyadagi vaziyat haqida gapirib berdi. Rossiya prezidenti Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan ham qo‘ng‘iroqlashgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.

O‘zbekistonliklarga Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga bormay turish tavsiya qilindi
24 iyun 2023, 14:19

O‘zbekistonliklarga Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga bormay turish tavsiya qilindi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslik, odamlar gavjum joylarga bormaslik, shuningdek, “Rossiya hududida amaldagi jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish”ga chaqirdi.

“Ular — haqiqiy qahramon”. Shavkat Mirziyoyev — xorijdagi migrantlar haqida
23 iyun 2023, 14:56

“Ular — haqiqiy qahramon”. Shavkat Mirziyoyev — xorijdagi migrantlar haqida

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi saylovchilar bilan uchrashuvda xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni “qahramon” deb atadi. Saylovoldi dasturidan og‘ir ahvoldagi migrantlarning xarajati qoplab berilishi, huquqiy va Call-markazlar tashkil etilishi va boshqalar o‘rin olgan.

Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha qonunni ma’qulladi
23 iyun 2023, 11:55

Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting