Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi
27 iyul 2023, 15:32

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti 27−28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, sanoatdagi ishlar hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tuzildi
27 iyul 2023, 12:24

Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tuzildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etildi. Unga Umid Shadiyev rahbarlik qiladi.

Ozodbek Nazarbekov yana madaniyat vaziri bo‘ldi, u endi turizmga javobgar emas
27 iyul 2023, 12:12

Ozodbek Nazarbekov yana madaniyat vaziri bo‘ldi, u endi turizmga javobgar emas

O‘tgan yil oxiridan buyon madaniyat va turizm vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri etib tasdiqlandi. Endi u turizm sohasiga javobgar emas.

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi
27 iyul 2023, 11:08

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

Dilmurod Ergashev Navoiy shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”da boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
27 iyul 2023, 09:07

Ashxobodda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi

Avgust oyida Ashxobod shahrida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining sammiti o‘tkaziladi. Bu haqda uch mamlakat tashqi ishlar vazirlarining onlayn yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Nukusga yangi hokim tayinlandi
26 iyul 2023, 22:02

Nukusga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukusning yangi hokimi bo‘ldi. U Utemurat Panayev o‘rniga mazkur lavozimni egalladi.

Qonliko‘l tumaniga hokim tayinlandi
26 iyul 2023, 11:21

Qonliko‘l tumaniga hokim tayinlandi

Bahram Sultonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi etib tayinlandi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar urush hududlariga ishga bormaslikka chaqirildi
25 iyul 2023, 15:39

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar urush hududlariga ishga bormaslikka chaqirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadagi urush zonalariga ishlash uchun bormaslik va harbiy harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi.

“Islohotlarni to‘g‘ri amalga oshirmasangiz, korrupsiya va oligarxiya paydo bo‘ladi” — Britaniya elchisi
25 iyul 2023, 08:00

“Islohotlarni to‘g‘ri amalga oshirmasangiz, korrupsiya va oligarxiya paydo bo‘ladi” — Britaniya elchisi

Britaniya elchisi Tim Torlou “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida islohotlar, siyosiy muammolar, so‘z erkinligining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘zladi. U yangi elchi nima uchun o‘zbek tilini o‘rganayotgani va O‘zbekistonning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasi nimadan darak berishiga ham to‘xtaldi.

Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashmaslikka chaqirdi
24 iyul 2023, 11:57

Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashmaslikka chaqirdi

Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning ushbu davlatga qarshi urushida qatnashmaslikka va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlariga bormaslikka chaqirdi. Bunday fuqarolar “bosqinchilarning sheriklari sifatida ko‘rib chiqiladi va javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi murojaatda.

Surxondaryo hokimi fermerni qamoqqa olishga buyruq berdi. Hokimlik esa hech kim qamalmaganini bildirdi
23 iyul 2023, 18:14

Surxondaryo hokimi fermerni qamoqqa olishga buyruq berdi. Hokimlik esa hech kim qamalmaganini bildirdi

Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Kosimov (Toshkentning sobiq prokurori) Denov tumanidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan birini qamash haqida ko‘rsatma berdi. Hokimlik esa fermerlar kamchiliklarni bartaraf etgani uchun hech kim qamoqqa olinmaganini ma’lum qildi.

Oqoltin tumaniga yangi hokim tayinlandi
22 iyul 2023, 17:11

Oqoltin tumaniga yangi hokim tayinlandi

Komiljon Ernazarov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumaniga hokim bo‘ldi.

Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi
22 iyul 2023, 10:03

Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga
21 iyul 2023, 21:57

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan fuqarolar bilan uchrashdi. U prezident tomonidan yuborilganini aytib, muammoni hal qilishga va’da berdi: “Ortingizda prezident turibdi, shuning uchun qo‘rqmanglar”. Uy qurilishini yakunlashga boshqa korxonalar jalb etiladi.

Prezident matbuot xizmati — Navoiy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich haqida: “Xulosa chiqarishga hali erta”
21 iyul 2023, 18:42

Prezident matbuot xizmati — Navoiy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich haqida: “Xulosa chiqarishga hali erta”

Prezident matbuot xizmati “Gazeta.uz”ning shahar markazida yo‘l o‘tkazgichlar qurib bo‘lmasligi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi. “Agarda shunday loyiha bo‘lsa, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi va jamoatchilik fikri inobatga olinadi”, — dedi prezident matbuot kotibi.

Matilda Dimovska BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili missiyasini yakunladi
20 iyul 2023, 22:38

Matilda Dimovska BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili missiyasini yakunladi

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska to‘rt yarim yillik faoliyatidan so‘ng mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda.

3 nafar hokim va yana 3 mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi
20 iyul 2023, 18:58

3 nafar hokim va yana 3 mansabdor tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi

Antikorrupsiya agentligi jami 6 nafar mansabdor — Bo‘ston, Qiziltepa va Yakkasaroy tumanlari hokimlari, Antidoping agentligi, Axborotlashtirish bosh markazi va Ipakchilik qo‘mitasi rahbarlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga barham berish choralari ko‘rilmoqda.

Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari bilan vizasiz rejim va erkin savdo hududini joriy etishga chaqirdi
20 iyul 2023, 08:42

Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari bilan vizasiz rejim va erkin savdo hududini joriy etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlarining birinchi sammitida Do‘stlik, mintaqalararo bog‘liqlik va hamkorlik bitimini ishlab chiqish, erkin savdo hududi va vizasiz sayyohlik makonini yaratish taklifini ilgari surdi. Ikkinchi sammit Samarqandda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston prezidenti Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi (foto)
20 iyul 2023, 08:09

O‘zbekiston prezidenti Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi (foto)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifining ikkinchi kunida Makkaga borib, umra amallarini bajardi. U o‘tgan yilning avgustida ham umra amalini ado etgandi.

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
19 iyul 2023, 09:48

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlou o‘rnini Timoti Smart egalladi. U faoliyatini avgust oyida boshlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting