Siyosat

«Biz O‘zbekiston uchun tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz» — «Tolibon» idorasi rahbari
17 sentabr 2020, 14:11

«Biz O‘zbekiston uchun tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz» — «Tolibon» idorasi rahbari

«Kelgusida Afg‘oniston tomonidan O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarga xavf, tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya ma’lum qildi «Tolibon» harakatining Doxadagi siyosiy idorasi rahbari Mulla Abdul G‘ani Baradar. Afg‘onlararo muzokaralarning navbatdagi raundlaridan birini Samarqandda o‘tkazish taklif qilindi.

Uchta hududda suv tejovchi uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etiladi
16 sentabr 2020, 21:05

Uchta hududda suv tejovchi uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etiladi

Prezident Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida suv tejovchi texnologiyalar uchun uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish vazifasini qo‘ydi. Shuningdek, suv sarfini kamaytirish maqsadida dalalarni lazer yordamida tekislash texnologiyasi joriy etiladi. Buning uchun 250 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratiladi.

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi
16 sentabr 2020, 14:50

Arnasoy tumani hokimi o‘zgardi

Sharof Rashidov tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Xurshid Alimardonov Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16 sentabr 2020, 14:30

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Geodezkadastr davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Maqsud Ro‘zmetov, «Agrobank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va Agrar universitet rektori Botirjon Sulaymonov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Amaldagi vazir o‘rinbosari Saidkamol Xodjayev bir vaqtning o‘zida Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasini boshqaradi. Majlisni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov olib bordi.

Elektr va gaz iste’moli hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha onlayn tizim yaratiladi
14 sentabr 2020, 20:45

Elektr va gaz iste’moli hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha onlayn tizim yaratiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha yaxlit onlayn tizim yaratiladi. Bu maqsadlar uchun qariyb 1,2 milliard dollar mablag‘ yo‘naltirilmoqda. «Bu mablag‘larning natijadorligi va qaytimi faqatgina hisoblagichlarni o‘rnatish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Iste’molchi sarf qilgan energiya resursi hajmini bilish bilan tizimdagi yo‘qotishlar va o‘g‘irliklarga chek qo‘yib bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova mablag‘larini qaytarish shartlarini kelishishdi
14 sentabr 2020, 10:30

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova mablag‘larini qaytarish shartlarini kelishishdi

O‘zbekiston va Shveysariya Gulnora Karimova hisoblaridan musodara qilingan pul mablag‘larini qaytarish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Mablag‘lar «xalq hayotini yaxshilashga sarflanishi», jarayon esa shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida tashkil etilishi lozim.

Bir qator hududlarning chegaralari o‘zgartirildi
11 sentabr 2020, 17:49

Bir qator hududlarning chegaralari o‘zgartirildi

Toshkent shahri tarkibida Yangihayot, Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Oliy Majlis Senati qarorlari tasdiqlandi.

Sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi
11 sentabr 2020, 17:01

Sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 291-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, qonun kuchga kirgach, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit»ni shakllantirishimiz lozim — Senat raisi
11 sentabr 2020, 12:08

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit»ni shakllantirishimiz lozim — Senat raisi

Senat «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonunni ma’qulladi. Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Narbayeva mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jihatlarga urg‘u berdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Moskvada SHHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi
11 sentabr 2020, 11:51

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Moskvada SHHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qildi.

7 ta tuman va 1 ta shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
10 sentabr 2020, 18:12

7 ta tuman va 1 ta shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 7 ta tuman va 1 ta shahar ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi.

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi
10 sentabr 2020, 16:20

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi
10 sentabr 2020, 13:00

Jalaquduq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Hisob palatasi axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xikmatillo Latipov Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi etib tayinlandi.

O‘zbekistonda bir qator hokimlarga o‘rinbosarlar tayinlandi
10 sentabr 2020, 12:13

O‘zbekistonda bir qator hokimlarga o‘rinbosarlar tayinlandi

Shirin shahar hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan Abdug‘affor Xojimatov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimini egalladi. Shuningdek, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
9 sentabr 2020, 19:14

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Polkovnik Abdurahim Mo‘minov prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
9 sentabr 2020, 16:16

Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Zohidjon Ahmadaliyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Ushbu lavozimni egallab kelayotgan Otabek Rasulov vazifasidan ozod etildi.

Asaka tumani va Shirin shahriga yangi hokimlar tayinlandi
9 sentabr 2020, 13:44

Asaka tumani va Shirin shahriga yangi hokimlar tayinlandi

Andijon viloyati Asaka tumani hokimi Inomjon Mamadaliyev egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Uning o‘rniga Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Mansurbek Alixanov tayinlandi. Shuningdek, Sarvarbek Sultonov Sirdaryo viloyati Shirin shahri hokimi bo‘ldi.

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida Kadastr agentligi tuzildi
8 sentabr 2020, 14:40

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida Kadastr agentligi tuzildi

Davergeodezkadastr qo‘mitasi negizida Kadastr agentligi tashkil etildi. Qo‘mitaning qishloq xo‘jaligi yerlari sohasidagi vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkaziladi. Yangi agentlik Davlat soliq qo‘mitasi huzurida bo‘ladi.

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda
8 sentabr 2020, 12:51

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda

Qonunchilik palatasi Toshkent tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkentning Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangihayot tumani tarkibiga 2131,2 gektar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qaror Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi
8 sentabr 2020, 12:25

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi

Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Davlatobod tumanining umumiy maydoni — 4 686 gektar bo‘lib, uning tarkibiga Namangan shahrining 25 ta mahallasi o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting