2-iyul kuni soat 18:00 da prezidentlikka nomzodlar vakillari o‘rtasida ikkinchi teledebat bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Yuksalish” milliy harakati.

Debat “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Mahalla”, UzReport, Renessans va Sevimli, Milliy, Zo‘r TV telekanallarida o‘zbek tilida (surdo-tarjima bilan), “Yoshlar” telekanalida ingliz, Dunyo bo‘ylab va “Toshkent” kanallarida rus hamda “Qoraqalpog‘iston” telekanalida qoraqalpoq tillaridagi tarjimasi bilan namoyish etiladi.

Bu galgi bahs-munozaralar davomida nomzodlarning ishonchli vakillari ularning davlat boshqaruvi tizimi va sud-huquq sohasini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari hamda rejalari haqida so‘z yuritadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.