Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari Qurbon hayiti bilan bir-birini qutladi. O‘zbekiston prezidenti yangi Arqadag‘ shahri rasman ochilgani munosabati bilan ham Gurbanguli Berdimuhamedovni muborakbod etdi.

Arqadag‘ shahri

29-iyun kuni prezident Serdar Berdimuhamedov ishtirokida yangi shaharning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Hudud Ashxoboddan 30 km uzoqlikda “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida qurilgan. Mazkur megaloyihani amalga oshirish ikki bosqichda rejalashtirilgan. Birinchi bosqich obyektlarini qurishga 3,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Ayni paytda birinchi bosqich yakunlanib, uning doirasida 336 ta ijtimoiy, madaniy va boshqa obyektlar barpo etildi.

Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish obyektlari qurilishiga 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflanishi kutilmoqda.

арқадағ shahri, гурбангули berdiмуhamедов

арқадағ shahri, гурбангули berdiмуhamедов

арқадағ shahri, гурбангули berdiмуhamедов

арқадағ shahri, гурбангули berdiмуhamедов

арқадағ shahri, гурбангули berdiмуhamедов

арқадағ shahri, гурбангули berdiмуhamедов