Rahmatulla Nazarov O‘zbekistonning Belarusdagi yangi elchisi bo‘ldi
5 fevral 2024, 09:31

Rahmatulla Nazarov O‘zbekistonning Belarusdagi yangi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Belarusdagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nazarov Minskda o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. U 2021-yildan buyon elchixona maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakili sifatida ishlab kelayotgandi.

Toshkentdagi Botanika bog‘ida “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi o‘tkazildi. Foto
4 fevral 2024, 18:05

Toshkentdagi Botanika bog‘ida “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi o‘tkazildi. Foto

Poytaxtdagi Botanika bog‘ida qushlarni sovuqdan asrash va bioxilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin ekofaol va volontyorlar qatnashib, daraxtlarga qush inlarini o‘rnatdi va ozuqalarni qo‘yib chiqdi. Jarayondan suratlar.

Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi
4 fevral 2024, 17:25

Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubi a’zosiga aylandi

Futbolchi, O‘zbekiston MTJ a’zosi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tdi. Sportchi bilan 1,5 yillik shartnomaga kelishib olingan. U bir necha kun oldin Gretsiyaning “Panserraikos” jamoasini tark etgandi.

“Menda boshqa g‘oyalar ham bor, bu bilan chegaralanib qolgan joyim yo‘q-ku?” Jahongir Ortiqxo‘jayev — Magic City sotilgani haqida
4 fevral 2024, 16:41

“Menda boshqa g‘oyalar ham bor, bu bilan chegaralanib qolgan joyim yo‘q-ku?” Jahongir Ortiqxo‘jayev — Magic City sotilgani haqida

Magic City bog‘iga egalik qilgan Toshkent shahri sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu loyiha qanday paydo bo‘lgani va nima uchun uni sotishga qaror qilgani haqida gapirdi. “U yerda muammo ko‘p. Ammo menda boshqa g‘oyalar ham bor, bu bilan chegaralanib qolgan joyim yo‘q-ku?” — deya ta’kidladi u.

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida
4 fevral 2024, 14:03

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, Qatar bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki jamoa turnirda yaxshi qatnashdi. Murabbiy uning iste’fosi haqidagi savolga shunday javob berdi: “Hazillashyapsizmi?”

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida
4 fevral 2024, 13:44

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar penaltilar seriyasi uchun mashq qilmaganini bildirdi. Jaloliddin Masharipov muxlislardan kechirim so‘rab, jamoa jahon chempionatiga chiqa olishiga ishontirdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev — poytaxt hokimligidan ketgani sabablari haqida
4 fevral 2024, 13:09

Jahongir Ortiqxo‘jayev — poytaxt hokimligidan ketgani sabablari haqida

Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan olinishi sabablarini izohlarkan, faoliyatida ko‘p xatolar qilgani, prezidentning qarorlarini esa muhokama qilmasligi haqida gapirdi. U, shuningdek, Turkiyaga qochib ketayotganida ushlangani aytilgan xabarlarga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi bo‘ldi
4 fevral 2024, 10:49

Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning O‘monga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov Maskat shahriga yetib bordi. U 2018-yildan buyon Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.

Yangi bino qurishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish belgilandi
4 fevral 2024, 10:13

Yangi bino qurishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish belgilandi

O‘zbekistonda yerda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash shartligi belgilandi. Bunga amal qilinmasa, yetkazilgan zararning o‘rni mahalliy budjetga tushadi. Undan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda foydalaniladi.

Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
4 fevral 2024, 09:40

Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Shanba kuni tunda Qashqadaryo viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidagi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga qalin qor yoqqani sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Osiyo Kubogi chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi
3 fevral 2024, 23:34 1

O‘zbekiston Osiyo Kubogi chorak finalida mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida penaltilar seriyasida mezbon jamoa — Qatarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Endi qatarliklar finalga yo‘llanma uchun Eronga qarshi o‘ynaydi. Xavfli vaziyatlarga boy kechgan bahsdan video, foto va statistika.

O‘zbekistonda 1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi
3 fevral 2024, 17:00

O‘zbekistonda 1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi

Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda 1-apreldan bekor bo‘ladigan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar haqida eslatdi. Unga ko‘ra, tibbiy xizmatlar, dori vositalari, suv ta’minoti, kanalizatsiya issiqlik ta’minoti va yana bir qator sohalarda QQS qayta joriy etiladi.

O‘zbekiston Bishkek IESdagi avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi
3 fevral 2024, 15:40

O‘zbekiston Bishkek IESdagi avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi. O‘shga Andijondan suyultirilgan gaz ballonlari yordam sifatida jo‘natildi.

Toshkentda foiz evaziga qarz berib, uni to‘lolmaganlarning uy va mashinalarini tortib olish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
3 fevral 2024, 14:27

Toshkentda foiz evaziga qarz berib, uni to‘lolmaganlarning uy va mashinalarini tortib olish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida tovlamachilik va firibgarlikda gumonlangan shaxs ushlandi. U fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarzdorning nomida bo‘lgan uy va avtomobilni garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3−4 barobar ko‘p bo‘lgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
3 fevral 2024, 12:10

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga Farxod Boqiyev hamda Sardor Radjabov o‘rinbosar etib tayinlandi. Boqiyev Senat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Radjabov esa mazkur vazirlik departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

DXX pora evaziga hujjatlarni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan mansabdorlarni ushladi
3 fevral 2024, 11:54

DXX pora evaziga hujjatlarni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan mansabdorlarni ushladi

Toshkent va Buxoroda hujjatlarni rasmiylashtirib berish uchun pora talab qilgan bosh mutaxassis va arxitektor qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Gastronomik Dubay: haqiqiy taom shinavandalari uchun jannat
3 fevral 2024, 11:00

Gastronomik Dubay: haqiqiy taom shinavandalari uchun jannat

Visit Dubai`dan har qanday budjetga mos keladigan, hamda har bir gurme uchun tashrif buyurishiga arziydigan shaharning qiziqarli joylari sharhi.

Janubiy Koreyadagi 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi
3 fevral 2024, 10:50

Janubiy Koreyadagi 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi

O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.

Toshkentda harakat vaqtida avariya holatini yuzaga keltirgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
3 fevral 2024, 10:11

Toshkentda harakat vaqtida avariya holatini yuzaga keltirgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi
3 fevral 2024, 01:54

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting