O‘zining hayratga soluvchi mehmonxonalari, noyob arxitektura durdonalari va gavjum do‘konlari bilan mashhur bo‘lgan Dubay so‘nggi paytlarda jahon gastronomik maydonida ham ko‘zga ko‘ringan ishtirokchiga aylandi. Shahar turli oshxonalar tajribasini taklif etar ekan, shinavandalar uchun cheksiz lazzatlarni taqdim etmoqda.

Xilma-xillik Dubay restoran madaniyatining asosini tashkil etadi. Al Quoz kabi shahar hududlari bo‘ylab sayr davomida Argentina grilidan tortib, to Vetnam ko‘cha ovqatlarigacha bo‘lgan yer sharining barcha burchaklarida tayyorlanadigan taomlar bilan tanishish mumkin. Nozikta’blarga mo‘ljallangan gurme restoranlarida turli mamlakatlarning taomlari mahalliy joziba va o‘ziga xoslikni e’tiborga olgan holda tayyorlanadi, masalan, ayrim shunday restoranlarning taomnomasida bir chimdim Livan pazandalik an’analari qo‘shilgan fransuz klassik taomlarini va boshqa ko‘plab g‘aroyib, biroq o‘zaro uyg‘unlashtirilgan yeguliklarni tatib ko‘rish mumkin.

visit dubai, реклама

Dubayning hashamat va dabdaba markazi sifatidagi obro‘si uning restoranlariga ham taalluqli. Shaharda o‘nlab Selebrity Shef oshxonalari va Mishlen yulduzi bilan qayd etilgan restoranlar mavjud. Gordon Ramzi, Nobu Matsuxisa va Vinit Bxatiya kabi mashhur bosh oshpazlar bu yerda bir nechta oshxonalarni ochgan. Mehmonlar ularda 8 ta taomdan iborat kayseki yapon tushligini, arab notalariga ega molekulyar oshxona taomlarini yoki La Cantine du Faubourg fransuz restoranidan O‘rta yer dengizida ushlanadigan ko‘k omarni tatib ko‘rishlari mumkin.

visit dubai, реклама

Bundan tashqari, yaxshi rivojlangan qahvaxonalar madaniyati hamda O‘rta yer dengizi taomlarining ommabopligi ham Dubayning o‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Shaurma, levant mezesi hamda go‘shtli assorti (Meat Platter) shaharning tashrif qog‘ozi bo‘lib, ularni Deyra va Bur-Dubay hududlaridagi kichik shinam restoranlarda albatta tatib ko‘rish kerak. Lukaymat va xushbo‘y gul iforiga ega guruchli puding kabi arab shirinliklari esa ushbu o‘lkalarga alohida gastronomik sayohat qilishga arziydi.

Shanba kungi branch (tushlik) — Dubayni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tansiq taomlarni taklif qiluvchi klassik bufetlardan tortib, to arzon, ammo mazali taomlar tayyorlaydigan arzonroq oshxonalargacha bo‘lgan xilma-xil restoran va qahvaxonalar orasidan, albatta, taomlari sizga yoqib qoladigan joyni topishingiz mumkinshubhasiz. Masalan, unchalik qimmat bo‘lmagan branch uchun Dubai Marina hududidagi Pier 7 majmuasining tomida joylashgan, ajoyib ko‘rfaz manzaralariga va mazali taomlarga ega Atetlier M restoraniga borish mumkin. Shanba kungi branch bu yerda 14:00 da boshlanadi — odatdagidan sal kechroq tushlik qilishni yoqtiradiganlar uchun qulayideal makon. Restoranning firma taomlari ro‘yxatida vagyu mol go‘shtidan tayyorlangan gedza, tryufel va losos balig‘i solingan va past olovda tayyorlangan rizottoni ko‘rish mumkin. Burj Xalifaning hayratlanarli manzaralari ochiladigan CE LA VI restoranida esa majoziy va tom ma’noda balandlikda tushlik qilish mumkin. Taomlarning katta porsiyalari, jonli musiqa, a’lo darajadagi servis va, ayniqsa ochiq ayvonda o‘tirsangiz, unutilmas taassurotlar kafolatlanadi. Tarixiy Al Seef rayonida shanba branchlari uchun Skafos restorani doim ochiq. Uning boy taomnomasi yangi tayyorlangan meze gazaklarini, mazali giros va boshqa an’anaviy O‘rta yer dengizi taomlarini o‘z ichiga olgan. Tushlik uchun shaharning istalgan tumaniga borish mumkin, faqat o‘zingizga mos keladigan restoranni tanlasangiz bo‘ldi.

visit dubai, реклама

Agar oilaviy tushlikni rejalashtirgan bo‘lsangiz, sizda juda ko‘p muqobil variantlar bo‘ladi. Dubaydagi restoranlarning aksariyatida maxsus bolalar menyusi mavjud bo‘lib, bu ota-onalar uchun qulaylik yaratadi. Bundan tashqari, ayrim restoranlarda muayyan yoshdagi bolalar uchun bepul kechki ovqatlar ham taqdim etiladi, shu bois restoranni tanlashda ushbu yoqimli jihatni ham inobatga olishni tavsiya qilamiz. Agar vaqtingizni bolalar bilan xushchaqchaq o‘tkazishni istasangiz, unda Atlantis kurortidagi (The Palm) Wavehouse ko‘ngilochar-restoran majmuasiga borganingiz ma’qul. Bu yerda ping-pong o‘ynashingiz, bouling-klubda o‘z kuchingizni sinab ko‘rishingiz va, hatto, ochiq havoda sun’iy to‘lqinli basseynda syorfing bilan shug‘ullanishingiz ham mumkin. Kichkintoylar uchun esa yumshoq o‘yin maydonchasi jihozlangan.

Shuningdek, shinamgina Noodle House osiyo taomlari restoranida oila davrasida mazali ovqatlarni tanovul qilish mumkin. Bu yerda bolalar menyusi uch variantda mavjud: ugra, katsu va tempura. Ularning har biri to‘laqonli tushlik hisoblanadi, masalan katsu tushligi malayziyacha tayyorlangan tovuq kabobi, tovuq go‘shtidan tayyorlangan katsu, jasminli guruch, yeryong‘oqdan tayyorlangan qayla va desertga bananlarni o‘z ichiga oladi. Bolalar uni nima bilan, ya’ni tayoqchalar, qo‘llar yoki qoshiq bilan tanovul qilishni o‘zlari tanlashi mumkin. Dubay Marina hududidagi The Scene restoranida ingliz taomlari taklif qilinadi. Noodle House oshxonasidagi kabi The Scene Dubai Marina restoranida ham 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattalar asosiy taomlarga buyurtma berishi sharti bilan, bolalar menyusidan bepul ovqatlanishlari mumkin. Bu ushbu restoranni, agar yaqin-atrofda yashayotgan bo‘lsangiz, oilaviy tushlik uchun ajoyib makonga aylantiradi.

visit dubai, реклама

Dubai Ice Rink muzda uchish saroyi qarshisidagi Dubai Mall savdo-ko‘ngilochar markazining birinchi qavatida ochilgan Chinatown alohida e’tiborga loyiq. Jihozlarining har bir detalida Xitoy mavzesining qiyofasi aks etgan Chinatown hududida ko‘plab restoranlar joylashgan bo‘lib, ular an’anaviy dim-samdan tortib, to “olovli” Sichuan taomlarigacha bo‘lgan Xitoy milliy taomlarini taklif qiladi. Mashhur oshxonalar qatorida Xitoyning Haidilao tarmog‘iga kiruvchi restoran va Singapurning mashhur Hawker Chan fudkorti filiali ham bor. Bundan tashqari, Chinatown majmuida Xiaomi texnologik gigantining firma do‘koni, NFT-galereya, chakana savdo do‘konlari va, hatto, spa-salon ham joylashgan.

visit dubai, реклама

Qorin yaxshi to‘yganidan keyin ortiqcha kaloriyalarni yo‘q qilish uchun mehmonlar Dubay plyajlari va sohillari bo‘ylab sayr qilishlari mumkin, masalan, Dubay Marinadan Palmgacha. Yoki o‘nlab yopiq savdo markazlarida va an’anaviy bozorlarda xaridlar qilish mumkin, ularda ziravorlar va oltin-kumushlar bilan bir qatorda ko‘plab suvenirlarni topsa bo‘ladi. Dubayning restoranlar manzarasi ushbu megapolisning butun mohiyatini o‘zida mujassam etgan: xilma-xillik, hashamat, an’analar jahon darajasidagi zamonaviylik bilan uyg‘unlashgan. Har bir sayyoh va taom shinavandalari albatta Dubayga tashrif buyurishiga arziydii lozim.

Reklama huquqlari asosida.