Toshkentdagi Botanika bog‘ida 3-fevral — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan qushlarni sovuqdan asrashga qaratilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirda 200 ga yaqin yosh ekofaol va volontyorlar qatnashdi. Bunda ular o‘zlari bilan turli ozuqa mahsulotlarini olib bordi.

“Ekologiya vazirligi tomonidan har yili qishning sovuq kunlarida hayvonlarni, jumladan, qushlarni sovuqdan asrash, bioxilma-xillikni saqlab qolish maqsadida respublikamizdagi barcha muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda biotexnik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu yil ham muhofaza hududlaridagi qushlar, hayvonlar ko‘p to‘planadigan joylarga yem, don, xashak kabi ozuqa vositalari qo‘yib chiqildi”, — deydi vazirlikning bioxilma-xillik siyosati bo‘limi boshlig‘i Abdurashid Sadikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiyadan maqsad nafaqat qushlarni asrab qolish, balki kelajak avlodda, yoshlarda qushlarga, hayvonlarga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘usini, ularni saqlab qolishga daxldorlik hissini shakllantirishdan iborat.

Aksiya davomida ishtirokchilar bog‘dagi daraxtlarga qush inlarini o‘rnatib, unga ozuqalarni qo‘yib chiqdi. Shuningdek, bog‘ning turli hududlariga ham ozuqalar tarqatildi.

“Bu aksiya nafaqat Toshkent, balki, respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazildi. Jami 1500 ga yaqin yosh ekofaollar ishtirok etdi. Ko‘ngillar, ekofaollar tomonidan qushlar ko‘p to‘planadigan joylarga ozuqa mahsulotlari qo‘yib chiqildi. Nafaqat qushlar, balki, barcha tirik jonzotlarni asrab qolishga qaratilgan tadbirlarimiz keyingi yillarda ham davom ettiramiz”, dedi vazirlikning Volontyorlar va ekofaollar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Zarrina Abdullayeva.

Vazirlikka ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 487 turdagi qushlar mavjud. Bulardan 52 turdagi qushlar Qizil kitobga kiritilgan, ya’ni noyob qushlar hisoblanadi.

Foto

Qishda qushlarga ko‘mak, ботаника боғи, экология vazirligi

Qishda qushlarga ko‘mak, ботаника боғи, экология vazirligi

Qishda qushlarga ko‘mak, ботаника боғи, экология vazirligi

Qishda qushlarga ko‘mak, ботаника боғи, экология vazirligi

Qishda qushlarga ko‘mak, ботаника боғи, экология vazirligi

Qishda qushlarga ko‘mak, ботаника боғи, экология vazirligi