Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogining chorak finalida turnir mezboni Qatarga qarshi maydonga tushib, asosiy bo‘limda 1:1 natija qayd etdi. Penaltilar seriyasida qatarliklar g‘alaba qozondi.

O‘yin 3-fevral kuni Al-Xor shahrining Al-Bayt stadionida bo‘lib o‘tdi, uchrashuv bosh hakami janubiy koreyalik Kim Hi Gon.

O‘yinning dastlabki daqiqalaridan qatarliklar raqiblarga qarshi xafvli hujumlar yo‘llay boshladi. 10-raqamdagi futbolchi Al-Xaidos maydon chetidan tepgan to‘p darvozabon O‘tkir Yusupovning qo‘liga tegib, darvozadan joy oldi. Shu tariqa, 27-daqiqada avtogol sabab hisob ochildi — 0:1. Undan so‘ng jamoalar ko‘plab xavfli zarbalar qayd etganiga qaramay, birinchi bo‘limda boshqa o‘zgarish bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida Qatar darvozaboni Meshall Aissa Barsham o‘zbekistonlik favorit Abbosbek Fayzulloyevga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka oldi. Biroq, buning evaziga berilgan jarima zarbasidan o‘zbekistonliklar unumli foydalana olmadi. Uzoq kutilgan javob golini 59-daqiqada Odilbek Hamrobekov kiritdi va hisob tenglashdi — 1:1.

O‘yinning asosiy qismiga 12 daqiqa vaqt qo‘shib berilgan bo‘lsa-da, bu muddatda ham, hatto qo‘shimcha 30 daqiqalik bo‘limda ham o‘yin natijasi o‘zgarmadi.

Penaltilar seriyasi natijasi:

O‘zbekiston 2:3 Qatar.
Gol mualliflari:

O‘zbekiston: Otabek Shukurov, Shahboz Umarov,

Qatar: Aktam Afif, Sultan, Pedro.

Tarkib

осиё кубоги 2023

Statistika

осиё кубоги 2023
Foto

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023