31-yanvar kuni tarmoqlarda Toshkentdagi 2-sonli avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 80-sonli yo‘nalish yo‘lda boshqa transportlarga xalaqit qilib, avariya holatini yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2-sonli avtobus saroyi filiali rahbariyati va tezkor shtab a’zolari haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Harakat qoidalari va ichki tartibni buzgani hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun korxona tomonidan haydovchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Bunday holatlarni oldini olish uchun 80-yo‘nalishdagi barcha haydovchilar qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilgan.