Yerosti metro bekatlaridagi eski eskalatorlarni almashtirish ishlari boshlandi
5 fevral 2024, 15:55

Yerosti metro bekatlaridagi eski eskalatorlarni almashtirish ishlari boshlandi

10-fevraldan 20-martgacha Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatidagi “Tashkent city” majmuasiga olib chiquvchi vestibyul yopiq bo‘ladi. Bu vaqtda muddatini o‘tab bo‘lgan eskalator yangisiga almashtiriladi.

Texnikumlarda ham “kredit tizimi” bo‘ladi. U oliygohlarda tan olinadi
5 fevral 2024, 15:44

Texnikumlarda ham “kredit tizimi” bo‘ladi. U oliygohlarda tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan kollej-texnikumning 1−2 kursida ta’lim tizimi va uni baholash oliygohlar bilan tenglashadi. Texnikumlarda ham oliygohlarda tan olinadigan “kredit tizimi” yaratiladi. 2 yil yetarli “kredit” to‘plaganlar “2+2” yoki “2+3” dasturi asosida OTMning 2 yoki 3-kurslarida ta’limni davom ettiradi.

Prezident: budjetdan mablag‘ ajratilsa-da, onkologik bemorlar dorilarni 10 barobar qimmat sotib olishga majbur
5 fevral 2024, 15:27

Prezident: budjetdan mablag‘ ajratilsa-da, onkologik bemorlar dorilarni 10 barobar qimmat sotib olishga majbur

Prezident onkologik bemorlarga dorilar vaqtida yetib bormasligiga sabab bo‘layotgan “o‘yinlar”ni tanqid qildi. “Endokrinologiya, kardiologiya, shoshilinch xizmatda ham bunday faktlar yetarli”, — dedi u. Davlat rahbari, shuningdek, dorilarning yashirin aylanmasiga yetarli chora ko‘rilmayotgani haqida ham gapirdi.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida bir hafta davomida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
5 fevral 2024, 15:13

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida bir hafta davomida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

6−12-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda haroratning o‘zgarishi sababli 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. 7−8-fevral kunlari esa Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi mumkin.

Har bir ona va bola o‘limi “favqulodda holat” deb baholanadi — Shavkat Mirziyoyev
5 fevral 2024, 15:02

Har bir ona va bola o‘limi “favqulodda holat” deb baholanadi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident onalar va go‘daklar o‘limiga to‘xtalib, “Har bir ona va bola o‘limi „favqulodda holat“ deb baholanadi va so‘rov shunga yarasha bo‘ladi”, — dedi. Mirziyoyevning o‘tgan yilgi saylovoldi dasturida 2030-yilgacha bunday o‘limlarni kamida 2 barobarga qisqartirish reja qilingandi.

“Biz har qanday import chekloviga qarshimiz. U bizga zarar” — Jahongir Ortiqxo‘jayev
5 fevral 2024, 14:37

“Biz har qanday import chekloviga qarshimiz. U bizga zarar” — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahri sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev har qanday import cheklovi qo‘yilishiga qarshiligi, bunday choralar uning korxonalariga zarar ekanini ta’kidladi. “Biz to‘layotgan soliqlar ham, import uchun soliqlar ham „nol“ bo‘lsa, biz yutar ekanmiz, ko‘proq foyda topar ekanmiz”, — dedi u.

“DXSH asosida bog‘cha ochganlarning 1,5 mingdan ziyodi noqonuniy harakatlar sodir etgan” — Maktabgacha ta’lim agentligi
5 fevral 2024, 14:32

“DXSH asosida bog‘cha ochganlarning 1,5 mingdan ziyodi noqonuniy harakatlar sodir etgan” — Maktabgacha ta’lim agentligi

O‘zbekistonda 1,5 mingdan ziyod nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat budjetini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Ayrim tadbirkorlar bunda maxsus dasturiy yoki apparat vositalaridan foydalangan. Ushbu holatlar bo‘yicha ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot joriy qilinadi
5 fevral 2024, 14:20

Onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot joriy qilinadi

O‘zbekistonda onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot berish joriy qilinadi. Bu tajriba 1-maydan Qashqadaryoda boshlanadi va kelgusi yildan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yiladi.

Bilimni baholash agentligi abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanmoqda — prezident
5 fevral 2024, 13:35

Bilimni baholash agentligi abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev DTM Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etilsa-da, haligacha abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanayotganini aytdi. Endilikda professional va oliy ta’limda kasbiy ko‘nikmalarni belgilash va ularni baholashning yangi tizimi joriy qilinadi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasiga o‘tkaziladi
5 fevral 2024, 13:15

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasiga o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev “El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ma’lum qildi. Jamg‘arma hisobidan yoshlarni o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar 2023-yilda 3,5 mingta jinoyat sodir etdi
5 fevral 2024, 12:29

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar 2023-yilda 3,5 mingta jinoyat sodir etdi

2023-yilda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar tomonidan 3500 ta jinoyatchilik qayd etildi. Ularning 2280 tasi maktab o‘quvchilari hisobiga to‘g‘ri keldi. Prezident maktablarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularning “jinoyatga qarshi immunitetini” shakllantirish tizimini yaratish muhimligini aytdi.

Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkaziladi
5 fevral 2024, 12:17

Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkaziladi

Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkaziladi. Yaqinda ularga qator qonunbuzarliklarni sodir etganlarga nisbatan jazo qo‘llash vakolati berilgandi.

Prezident ijtimoiy soha vazirlari bilan yillik shartnomalar tuzish va ular uchun KPI belgilashni topshirdi
5 fevral 2024, 12:01

Prezident ijtimoiy soha vazirlari bilan yillik shartnomalar tuzish va ular uchun KPI belgilashni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga ijtimoiy soha vazirlari, shuningdek, ularning o‘rinbosarlari va hokim o‘rinbosarlari bilan bir yillik shartnomalar tuzish, ular uchun KPI belgilash bo‘yicha topshiriq berdi. Sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan sohalaridagi ahvol tanqid qilindi.

Prezident ta’lim tizimidagi kamchiliklarni sanab o‘tdi
5 fevral 2024, 11:53

Prezident ta’lim tizimidagi kamchiliklarni sanab o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev professional ta’limda mas’ul idoralar ko‘paygani uchun rivojlanish bo‘lmayotganini ta’kidladi. “Talabalar uchun oliygohlarda mustaqil ishlashga muhit yaxshi emas, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayapti”. Ba’zi chekka qishloqlarda esa bolalar bog‘chalarga to‘liq qamrab olinmagan.

Maktabdagi bo‘sh joylar tadbirkorlar uchun tekin foydalanishga beriladi
5 fevral 2024, 11:50

Maktabdagi bo‘sh joylar tadbirkorlar uchun tekin foydalanishga beriladi

Tadbirkorlar o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun maktabdagi bo‘sh joylardan tekin foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Maktablarda o‘rgatish mumkin bo‘lgan 50 ta kasb-hunar ro‘yxati tuziladi. “Maqsadimiz — maktab bitiruvchisi hech bo‘lmaganda bitta kasbni egallab katta hayotga qadam qo‘ysin”, — dedi prezident.

Maktablarda yuqori sinf o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til o‘rgatiladi
5 fevral 2024, 11:33

Maktablarda yuqori sinf o‘quvchilariga ikkinchi xorijiy til o‘rgatiladi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 10−11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi. Shuningdek, xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat OTM talabalarining maktablarda pedagogik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
5 fevral 2024, 11:03

Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi

Hafta davomida harorat kechalari 0…+7, kunduzi +7…+17 darajagacha ko‘tarilib boradi. Chorshanba va payshanba kunlari aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi, qolgan kunlarda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari bilan qiziqmayapti — prezident
5 fevral 2024, 10:55

Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari bilan qiziqmayapti — prezident

Shavkat Mirziyoyev mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari hamda ota-onalar bilan hamkorlik qilishga qiziqmayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, hokimlar, yoshlar va ijtimoiy masalaga mas’ul o‘rinbosarlar maktabda ma’naviyat, sport tadbirlarini tashkil etishga e’tiborsiz bo‘layotganini qayd etdi.

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH bo‘ldi
5 fevral 2024, 10:26

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH bo‘ldi

Olmazor tumanida Ford tez yordam mashinasi va Nexia to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va Ford`ning bir yo‘lovchisi jarohat oldi.

Farg‘onada gaz “zapravka”dagi janjal oqibatida bir yigit vafot etdi
5 fevral 2024, 10:06

Farg‘onada gaz “zapravka”dagi janjal oqibatida bir yigit vafot etdi

Dang‘ara tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqti faol qarshilik ko‘rsatilgani sabab ularni ajratmoqchi bo‘lgan yigit hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting