3-fevral kuni soat 23:15 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Taxtaqorcha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘z navbatida, Samarqand viloyati YHXB dovonning 22:00 da yopilgani haqida e’lon bergan.

M-39 avtomobil yo‘lidagi dovon yopilishiga qalin qor yoqqani sabab bo‘lgan. FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlik uning qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etishini bildirdi.