Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi
15 fevral 2024, 16:01

Farg‘onada daraxtlarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol janjal oqibatida vafot etdi

Farg‘ona shahrida yer maydonidagi teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda erkak tosh bilan urishi oqibatida ayol jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Erkak qamoqqa olindi.

Ellikqal’a tumaniga yangi hokim tayinlandi
15 fevral 2024, 15:36

Ellikqal’a tumaniga yangi hokim tayinlandi

Valijan Niyazimbetov Ellikqal’a tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu paytga qadar u To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Qoraqalpog‘istondagi internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirdi
15 fevral 2024, 14:58

Qoraqalpog‘istondagi internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirdi

To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab-internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirgani aks etgan video tarqaldi. Holat o‘tgan yilning oktabr oyida sodir bo‘lgan. Bolalar ombudsmani tarbiyachi qonun doirasida javobgarlikka tortilishi shartligini bildirdi. Tergovga qadar surishtiruv ishlari ketmoqda.

Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin
15 fevral 2024, 14:42

Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta’minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.

Toshkentda 110 ming quti tamaki yoqib yuborildi
15 fevral 2024, 14:26

Toshkentda 110 ming quti tamaki yoqib yuborildi

Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

Toshkentda velosiped va mototransportdan foydalanishni qanday qilib ommalashtirish rejalashtirilmoqda?
15 fevral 2024, 13:10

Toshkentda velosiped va mototransportdan foydalanishni qanday qilib ommalashtirish rejalashtirilmoqda?

Toshkentda velosiped va mototransport vositalarini ommalashtirish maqsadida xavfsiz va qulay yo‘l hamda yo‘laklar qurish, ular uchun alohida svetoforlar, belgilar va yoritish moslamalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Mototransportlarni xarid qilish uchun narxining 25 foizigacha subsidiyalar berilishi ham mumkin.

Toshkentda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi
15 fevral 2024, 12:15

Toshkentda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda yo‘lovchi ayolning egnidagi libosi haqida gapirib, har xil shahvoniy so‘zlar bilan shilqimlik qilgan taksi haydovchisi va Xorazmda qizga telefon orqali ishqiy munosabatda bo‘lishni taklif etib, shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud hukmlari o‘qildi. Ayblanuvchilarning ikkisi ham 5 sutkaga qamaldi.

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar olganini e’lon qildi
15 fevral 2024, 11:44

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar olganini e’lon qildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari 2023-yilda xizmat safarlari, xalqaro va rasmiy tadbirlarda jami 33 mln so‘mlik 26 ta hadya olganini ma’lum qildi. Eng yuqori qiymatli sovg‘alar Qatardagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan.

DXX hududlarda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘lga oldi
15 fevral 2024, 11:05

DXX hududlarda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayollarni qo‘lga oldi

Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

Ekinlarni sovuqdan asrash uchun nima qilish kerak?
15 fevral 2024, 11:02

Ekinlarni sovuqdan asrash uchun nima qilish kerak?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga sovuq havo oqimlari kirib kelishi tufayli ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va sovuq kunlardan betalafot o‘tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi
15 fevral 2024, 10:22

Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi

Prezident payshanba kuni Andijonga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan.

“Maqsad tanilish edi”. Toshkentda 3 yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tdi
15 fevral 2024, 10:10

“Maqsad tanilish edi”. Toshkentda 3 yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tdi

Chilonzor tumanida uch nafar 20 yoshli yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tgani uchun 10 sutkaga qamaldi. Yigitlar buni shart bajarish sifatida qilgani, shuningdek, internetga chiqib ketish orqali mashhur bo‘lmoqchi bo‘lganini bildirdi. Ularning otalari holat uchun uzr so‘radi.

Balida 10 dollarlik sayyohlik yig‘imi joriy etildi
14 fevral 2024, 23:23

Balida 10 dollarlik sayyohlik yig‘imi joriy etildi

Indoneziya hukumati 14-fevraldan boshlab Baliga tashrif buyuradigan barcha xorijiy sayyohlar uchun 10 dollar miqdorida yig‘im joriy etdi. Mablag‘lar orol atrof-muhiti va madaniyatini muhofaza qilishga sarflanadi.

Saneg Italiyaning CGC Lubricants Italy neft ishlab chiqaruvchi kompaniyasini sotib oldi
14 fevral 2024, 22:23

Saneg Italiyaning CGC Lubricants Italy neft ishlab chiqaruvchi kompaniyasini sotib oldi

Saneg neft-gaz kompaniyasi Italiyaning moy va moylash materiallari ishlab chiqaruvchi CGC Lubricants Italy kompaniyasini sotib oldi. Bitim Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi moylar uchun formulalar, texnologiyalar va Yevropa xavfsizlik sertifikatlarini olish sohalarida tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.

Hozirgi to‘qnashuvlar dunyoni “xavfli o‘nyillik”ka olib boradi — IISS
14 fevral 2024, 21:38

Hozirgi to‘qnashuvlar dunyoni “xavfli o‘nyillik"ka olib boradi — IISS

Ko‘p sonli mojarolar dunyoda “juda beqaror muhit"ni yuzaga keltirmoqda. Bu “haq kuchlilar tomonda bo‘ladi” yondashuvi keng tarqaluvchi hozirgidan ham xavfli o‘nyillikning bashorati hisoblanadi, deyiladi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti hisobotida.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi
14 fevral 2024, 21:10

O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi

Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi. Rossiya TIV jurnalistning O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmaydiganlar haqidagi so‘zlarini haqoratomuz deb atadi.

Toshkentda 2024-yilda kamida 4 ta ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi. Ko‘cha “parkovkalari” tashkil etish ham rejada bor
14 fevral 2024, 21:09

Toshkentda 2024-yilda kamida 4 ta ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi. Ko‘cha “parkovkalari” tashkil etish ham rejada bor

2024-yilda Toshkentda har biri 729 o‘rinli kamida 4 ta yetti qavatli avtoturargoh quriladi. Joy narxini avtomobilning zararli chiqindilari darajasidan kelib chiqib aniqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 2022-yildan beri muhokama qilinayotgan pullik to‘xtash joylari qurishni boshlash ham kutilmoqda.

Markaziy Osiyoda hayvondan odamga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirish loyihasi ishga tushirildi
14 fevral 2024, 19:33

Markaziy Osiyoda hayvondan odamga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirish loyihasi ishga tushirildi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Samarqanddagi anjumanda Markaziy Osiyoda hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda yagona salomatlik” tashabbusini ilgari surdi. Loyiha qiymati 11 million yevroni tashkil etadi.

O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi va Uzum Market tadbirkorlar uchun forum o‘tkazadi
14 fevral 2024, 19:00

O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi va Uzum Market tadbirkorlar uchun forum o‘tkazadi

Uzum Market va O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi tomonidan “2024-trendlari” forumi tashkil qilinib, unda soha mutahassislari biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishadilar.

Rossiya keyinchalik frontga jo‘natish uchun mehnat migrantlarini Ukrainaga jalb qilmoqda — Bloomberg
14 fevral 2024, 18:20

Rossiya keyinchalik frontga jo‘natish uchun mehnat migrantlarini Ukrainaga jalb qilmoqda — Bloomberg

Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi qurilish ishlari uchun qo‘shni davlatlardan minglab mehnat migrantlarini yollamoqda, ammo ularning ba’zilari xandaq qazish va frontda jang qilishga majbur bo‘lmoqda, deb yozdi Bloomberg. O‘z mamlakatida esa ular yollanganlik uchun qamalishi xavfi mavjud.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting