“Ko‘ksaroy”da Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Foto
8 fevral 2024, 13:04

“Ko‘ksaroy”da Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Foto

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.

“Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor”. Shavkat Mirziyoyev — “Humo” xokkey klubining g‘alabasi haqida
8 fevral 2024, 12:46

“Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor”. Shavkat Mirziyoyev — “Humo” xokkey klubining g‘alabasi haqida

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentning “Humo” klubi Ostonaning “Nomad”ini mag‘lub etgan o‘yinni Humo Arena`dan turib tomosha qildi. “Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor! U kelishi bilan: “O‘zbeklar, agar qozoqlarga yutqazsangiz…” degandi”, — deya g‘alabaga izoh berdi Mirziyoyev.

Namanganda sud raisi va universitet doktoranti pora olishda gumonlanib ushlandi
8 fevral 2024, 12:12

Namanganda sud raisi va universitet doktoranti pora olishda gumonlanib ushlandi

DXX tomonidan Mingbuloq tuman sudi raisi va Namangan davlat universitetining 3-bosqich doktoranti fuqarolardan pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora olish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Uchta viloyatdagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi
8 fevral 2024, 11:46

Uchta viloyatdagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi

Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi. 2023-yilda Respublika tez tibbiy yordam markaziga 685 ta shunday avtomobil yetkazib berilgan, 2024-yil martiga qadar markaz avtoparki yana 170 ta mashina bilan to‘ldiriladi.

OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish 15 kundan 10 kunga qisqardi
8 fevral 2024, 11:06

OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish 15 kundan 10 kunga qisqardi

O‘zbekistonda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi. Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar to‘langani haqidagi hujjatlar nusxalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.

Davlat telekanali xodimi ish joyida hamkasbiga shilqimlik qilgani uchun 3 sutkaga qamaldi
8 fevral 2024, 10:42

Davlat telekanali xodimi ish joyida hamkasbiga shilqimlik qilgani uchun 3 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatidagi davlat telekanallaridan birida o‘z xodimasini ish joyiga aldab chaqirib, unga tegajog‘lik qilgan bosh muharrir o‘rinbosari 3 sutkaga qamaldi.

Samarqandda pora olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi va advokat ushlandi
8 fevral 2024, 10:28

Samarqandda pora olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi va advokat ushlandi

Samarqandda fuqarodan jinoyat ishini hal qilib berish uchun 1500 dollar olishda gumonlanayotgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi. Shuningdek, 600 dollar evaziga qamoq jazosini bekor qilib bermoqchi bo‘lgan advokat qo‘lga olindi.

“Bu ma’lumotlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. Navoiy IIB — “sharmanda doskasi” haqida
8 fevral 2024, 09:57

“Bu ma’lumotlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. Navoiy IIB — “sharmanda doskasi” haqida

Navoiy viloyati IIB jinoyat sodir etganlarning suratlari tushirilgan “sharmanda doskasi” mahallalarda joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Avvalroq ombudsman bu amaliyot inson huquqlariga zid ekanini bayon qilgandi. Bunday suratlarni joylashtirish 2021-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan.

Aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi
8 fevral 2024, 09:41

Aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi

“Kulol va xurmacha”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon” va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi.

2023-yilda Uzcard va Humo`da amalga oshirilgan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari hajmi 1,5 baravar ko‘paydi
8 fevral 2024, 09:30

2023-yilda Uzcard va Humo`da amalga oshirilgan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari hajmi 1,5 baravar ko‘paydi

2023-yilda Uzcard va Humo tizimlarida amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari hajmi 224,3 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 80,8 trln so‘mga yoki 56 foizga ko‘proq bo‘ldi. QR-kodlardan foydalanib amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 2,5 barobarga oshdi.

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
8 fevral 2024, 05:42

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Qalin qor yoqqani sababli 8-fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hudud maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda (video).

HAMAS G‘azoda 135 kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda — Reuters
8 fevral 2024, 00:41

HAMAS G‘azoda 135 kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda — Reuters

HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Bu davr mobaynida guruh garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil askarlari esa G‘azoni tark etishi kerak bo‘ladi.

“Qimor va bukmekerlikni qonuniylashtirish jamiyatning o‘zida bahsli masala” — ILMA
8 fevral 2024, 00:25

“Qimor va bukmekerlikni qonuniylashtirish jamiyatning o‘zida bahsli masala” — ILMA

O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va bukmekerlikni qonuniylashtirish masalasi jamiyatning o‘zida munozarali, shu bois Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hozir bu boradagi pozitsiyasini ko‘rib chiqmoqda, dedi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: Qatar va Iordaniya finalda
8 fevral 2024, 00:07

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: Qatar va Iordaniya finalda

Qatar terma jamoasi Eronni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo kubogi finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular chempionlik uchun Iordaniya bilan bahslashadi. O‘yin 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi
7 fevral 2024, 23:19

Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ozarbayjon prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik hamkasblari Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Exit-poll natijalariga ko‘ra, u saylovda 93,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.

E️ndi axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlarga ham Zulfiya mukofoti beriladi
7 fevral 2024, 22:11

E️ndi axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlarga ham Zulfiya mukofoti beriladi

Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, mukofot komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib borishi belgilandi.

Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmaydi — YI sudi
7 fevral 2024, 21:12

Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmaydi — YI sudi

Yevropa sudi milliarder Alisher Usmonovning o‘ziga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli YI tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Usmonovning advokatlari sanksiyalar uchun asoslar noaniq ekanini ta’kidladi, biroq sud bu fikrga qo‘shilmadi.

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi
7 fevral 2024, 20:41

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAning “Al-Vahda” klubida davom ettiradi, boshqa bir yarim himoyachi Oston O‘runov esa Eronning amaldagi chempioni “Persepolis"ga o‘tdi.

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Humo Arena`dagi xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi
7 fevral 2024, 20:24

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Humo Arena`dagi xokkey uchrashuviga tashrif buyurdi

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tgan xokkey bo‘yicha norasmiy uchrashuvga tashrif buyurdi.

Mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilganlarning surati va ma’lumotini joylashtirish inson huquqlariga zid — ombudsman
7 fevral 2024, 18:27

Mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilganlarning surati va ma’lumotini joylashtirish inson huquqlariga zid — ombudsman

Navoiy viloyatidagi mahallalarda “Sharmanda doskasi” joriy etilib, ularda jinoyat sodir etganlarning suratlari ilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Hukumat qarorida bu turdagi e’lonlarni joylashtirish belgilangan. Inson huquqlari bo‘yicha ombudsman bunday amaliyot inson huquqlariga zid ekanini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting