Toshkent shahrida 3 oyda mingdan ortiq ayol fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlandi
6 aprel 2024, 20:51

Toshkent shahrida 3 oyda mingdan ortiq ayol fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlandi

Toshkent shahri IIBBning ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olindi. 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning davlat budjeti defitsiti birinchi chorakda rekord daraja — 19,8 trln so‘mga yetdi
6 aprel 2024, 20:25

O‘zbekistonning davlat budjeti defitsiti birinchi chorakda rekord daraja — 19,8 trln so‘mga yetdi

Birinchi chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston budjeti defitsiti 19,8 trln so‘m (1,56 mlrd dollar)ni tashkil etdi. Bu kamida oxirgi 12 yildagi rekord ko‘rsatkichdir. budjet daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga, xarajatlari esa 19,3 foizga o‘sdi.

Zaxiradagi 60 ming gektar yer onlayn auksion orqali yoshlarga ijaraga beriladi
6 aprel 2024, 15:36

Zaxiradagi 60 ming gektar yer onlayn auksion orqali yoshlarga ijaraga beriladi

O‘zbekistonda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.

Qirg‘iziston va Tojikistondan olib kelingan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
6 aprel 2024, 13:52

Qirg‘iziston va Tojikistondan olib kelingan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.

Toshkent shahri va viloyatidagi haydovchilar yo‘llarda harbiy texnikalar harakatidan ogohlantirildi
6 aprel 2024, 12:11

Toshkent shahri va viloyatidagi haydovchilar yo‘llarda harbiy texnikalar harakatidan ogohlantirildi

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlangani munosabati bilan poytaxt va Toshkent viloyatining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harbiy texnikalar harakatlanadi. Haydovchilardan yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini qayta tikladi
6 aprel 2024, 11:13

Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini qayta tikladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an qarori bilan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejim bekor qilindi.

Qashqadaryodagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi kaltaklanishi sabab umurtqasi sindi. Maktab direktori ishdan olindi
6 aprel 2024, 10:28

Qashqadaryodagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi kaltaklanishi sabab umurtqasi sindi. Maktab direktori ishdan olindi

Qarshi tumanidagi 55-maktabda o‘smir kaltaklanishi oqibatida umurtqasi singan. O‘quvchiga birinchi yordam ko‘rsatilmagani va IIBga murojaat qilinmagani uchun maktab direktori ishdan olindi.

Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi (+foto)
6 aprel 2024, 00:50

Toshkentda mozaikali binodagi reklama banneri olib tashlandi (+foto)

Mart oyida qabul qilingan qaror bilan endi mozaik pannolar madaniy meros obyektlari hisoblanadi, ular chizilgan binolarga esa reklama bannerlari o‘rnatish taqiqlanadi. Shu sababli 5-aprel kuni Mirobod ko‘chasida joylashgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Foto.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yangi direktor tayinlandi
6 aprel 2024, 00:26

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yangi direktor tayinlandi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori sifatida ishlagan Agzam Nartayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Alisher Temirov markaz direktori v.b. etib tayinlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ichan-qal’ani ziyorat qildi (+foto)
5 aprel 2024, 23:17

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ichan-qal’ani ziyorat qildi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.

“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi g‘oliblari aniqlandi
5 aprel 2024, 22:45

“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi g‘oliblari aniqlandi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi. Respublika bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularni moliyalashtirishga 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi. Bu galgi ovoz berish jarayonlarida 11,7 mln kishi ishtirok etdi.

O‘zbekiston va YI muhim xomashyo sohasida strategik hamkorlik o‘rnatdi
5 aprel 2024, 22:05

O‘zbekiston va YI muhim xomashyo sohasida strategik hamkorlik o‘rnatdi

O‘zbekiston va YI o‘rtasida muhim xomashyo sohasida barqaror qiymat zanjirlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu O‘zbekistonning tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga yordam beradi hamda YIga mis va molibden kabi foydali qazilmalarga yo‘l ochish imkoniyatini yaratadi.

O‘zini o‘zi band qilganlar 100 mln so‘mgacha kafolatsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi
5 aprel 2024, 21:27

O‘zini o‘zi band qilganlar 100 mln so‘mgacha kafolatsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi

Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilganlarga oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit jalb qilish imkoniyati berildi. Ayrim hollarda kreditlar naqd pul ko‘rinishida ajratilishi mumkin. Kredit muddati va imtiyozli davr ham oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etishni ma’qulladi
5 aprel 2024, 20:43

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etishni ma’qulladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, ular ikki davlat temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Qo‘shma korxona Transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etadi.

“Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti
5 aprel 2024, 17:38

“Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xorazmda muzokaralar o‘tkazdi (foto, video)
5 aprel 2024, 17:20

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xorazmda muzokaralar o‘tkazdi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada o‘tgan muzokaralarda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, ular “Xiva gilamlari” kombinatini ko‘zdan kechirdi.

2023-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 16 foizga kamaydi
5 aprel 2024, 16:06

2023-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 16 foizga kamaydi

2023-yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 16 foizga — 2,6 mlrd dollardan 2,2 mlrd dollargacha qisqardi. Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligining YAIMga nisbati tarixiy maksimum — 8,6 foizga yetdi (7,8 mlrd dollar).

Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi
5 aprel 2024, 15:33

Rahbarlarni Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi

Tashkilot rahbarlarini Open Budget uchun ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa tumani hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamov jarimaga tortildi. U ovoz yig‘olmagan rahbarlarni ishdan olish bilan qo‘rqitgan va ularni “noinsoflar” deya atagandi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-aprel)
5 aprel 2024, 15:19

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-aprel)

“Дыши” va yana oltita kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, teatrlardagi spektakllar, havo sharida ko‘tarilish, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Isroil G‘azoga yordam yetkazilishi uchun yangi yo‘nalishlarni ochmoqda
5 aprel 2024, 14:42

Isroil G‘azoga yordam yetkazilishi uchun yangi yo‘nalishlarni ochmoqda

Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazilishi uchun yangi yo‘nalishlar, jumladan, HAMAS bilan urush boshlanganidan beri yopiq bo‘lgan anklav shimolidagi “Erez” nazorat-o‘tkazish punktini ochishini ma’lum qildi. BMT avvalroq G‘azoning shimoliy viloyatlarida ommaviy ocharchilik xavfidan ogohlantirgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting