Madaniyat vazirligi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganiga munosabat bildirdi
4 may 2021, 10:31

Madaniyat vazirligi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganiga munosabat bildirdi

Madaniyat vazirligi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik konsert dasturining hamkori ekanligi va faqat sahnadagi jarayonlarga javobgar ekanligini aytdi. Madaniyat vazirligi milliylik va til targ‘ibotini amalga oshirganda, ularni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki namuna ko‘rsatgan holda yetkazish lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan
4 may 2021, 10:05

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan

1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlangan.

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
4 may 2021, 09:52

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi
4 may 2021, 09:25

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

Tomskda Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi
4 may 2021, 09:20

Tomskda Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi

Rossiyaning Tomsk shahrida Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning tegishli idoralariga so‘rov yubordi.

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi
4 may 2021, 09:15

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni tanqid qildi. U yo‘llanmalar sonini oshirish uchun sportchilar va ularning jamoalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi
4 may 2021, 09:03

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi

2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.

Qonli yo‘llar: Uch oyda qariyb 400 kishi YTHlarda halok bo‘ldi
4 may 2021, 08:09

Qonli yo‘llar: Uch oyda qariyb 400 kishi YTHlarda halok bo‘ldi

Birinchi chorakda O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 may 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Armaniston parlamentining Nikol Pashinyanni bosh vazir lavozimiga saylamagani, Saudiya Arabistonining 17 maydan boshlab chegaralarni ochayotgani, Venesuelada amaldorlarga nafaqalarning kriptovalyutada berilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qibraydagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi — prezident
3 may 2021, 20:48

Qibraydagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi — prezident

Qibray tumanidagi yangi bog‘ hududi Toshkent tarkibiga o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3−4 yil ichida poytaxtda ulkan qurilish ishlari olib borildi va endilikda buni to‘xtatib, shahar tashqarisiga chiqarish kerak.

«Soliq va bank — iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq» — Shavkat Mirziyoyev
3 may 2021, 17:54

«Soliq va bank — iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident viloyatlar hokimlariga haftada bir marta bank va soliq organlari rahbarlari bilan shaxsan suhbatlashib, ular faoliyatiga baho berishni topshirdi. Shavkat Mirziyoyev bank va soliq idoralarini iqtisodiyotimiz uchun katta to‘siq dedi. U «xalqimizga o‘zimiz xizmat ko‘rsatishni o‘rganishimiz» uchun banklarning chet ellik investorlar tomonidan xususiylashtirilishiga ruxsat bermayotganini ta’kidladi.

Farg‘onada Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi
3 may 2021, 17:07

Farg‘onada Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi

Buvayda tumanida Nexia-2 va elektroskuter to‘qnashishi oqibatida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi.

24 ta tuman qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi
3 may 2021, 16:52

24 ta tuman qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi

O‘zbekistonning 24 ta tumani qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ushbu sohada 5 mlrd dollarlik 1000 dan ziyod yangi loyihalar shakllantirildi. Yangi turdagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun tadbirkorlarga 15 milliard so‘mgacha kafillik beriladi.

Dollarning rasmiy kursi deyarli o‘zgarmadi
3 may 2021, 16:21

Dollarning rasmiy kursi deyarli o‘zgarmadi

Dollarning rasmiy kursi 50 tiyinga arzonladi va jami 10 522 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

2020 yilda Facebook, Google va Apple kompaniyalari O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashdi?
3 may 2021, 15:40

2020 yilda Facebook, Google va Apple kompaniyalari O‘zbekistonda qancha soliq to‘lashdi?

2020 yilda Facebook tomonidan O‘zbekistonda deyarli 6 mlrd so‘m soliq to‘langan. Shuningdek, Google — 3,4 mlrd so‘m, Apple — 1,9 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lagan.

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi
3 may 2021, 15:09

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

Turkiyada COVID-19 infeksiyasining tarqalishi oldini olish uchun O‘zbekistondan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqoblari insonparvarlik yordami sifatida yuborildi.

Farg‘ona NQIZ yana sotuvga qo‘yildi
3 may 2021, 14:52

Farg‘ona NQIZ yana sotuvga qo‘yildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi yana savdoga chiqarildi. 2019 yilda FNQIZni Indoneziyaning PT Trans Asia Resources kompaniyasi sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq kelishuv amalga oshmagan va boshqaruv Jizzakh Petroleum kompaniyasiga berilgan edi. FNQIZ O‘zbekistondagi ikkinchi yirik neftni qayta ishlash zavodi bo‘lib, yillik sof foydasi 19 mln dollarni tashkil etadi.

Hafta davomida ayrim hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi
3 may 2021, 14:12

Hafta davomida ayrim hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

Hafta davomida ayrim viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi oqibatida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga DIIHBning saylov bo‘yicha dastlabki missiyasi keladi
3 may 2021, 13:48

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga DIIHBning saylov bo‘yicha dastlabki missiyasi keladi

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi o‘zining prezident saylovlariga taalluqli dastlabki missiyasini yaqin haftalar ichida yuborishi kutilmoqda. Mazkur tashrifdan maqsad — saylovoldi vaziyat va unga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdan iborat. Ehtiyojlarni baholash missiyasi hisoboti asosida saylovda qatnashadigan ekspertlar, uzoq va qisqa muddatlari kuzatuvchilar soni aniq bo‘ladi.

Uzbekistan Airways 17 ta samolyotini sotadi va Boeing’larni Airbus’larga almashtiradi
3 may 2021, 13:32

Uzbekistan Airways 17 ta samolyotini sotadi va Boeing’larni Airbus’larga almashtiradi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlar parkini birlashtirish doirasida bir nechta Boeing avialaynerlarini lizing beruvchiga qaytarib, Airbus samolyotlarini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda. 1999−2013 yillarda ishlab chiqarilgan 17 ta samolyot esa sotuvga qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting