Qashqadaryoda 150 tup daraxt qo‘porib olingani aniqlandi
2 fevral 2024, 11:13

Qashqadaryoda 150 tup daraxt qo‘porib olingani aniqlandi

Kasbi tumanida Toʼpalang HPD Holding MCHJ mas’ullari kanal qirg‘og‘idagi 150 tup daraxtni ildizlari bilan qo‘porib oldi. Buning oqibatida tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetgan. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
2 fevral 2024, 10:52

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi
2 fevral 2024, 10:48

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center) tashkil etildi. Markazda 2024-yil 1-iyundan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga xorijiy kompaniyalar uchun qo‘llaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.

Toshkentdagi issiqxonalarning birida avtomobil shinalari yoqilgani aniqlandi
2 fevral 2024, 10:31

Toshkentdagi issiqxonalarning birida avtomobil shinalari yoqilgani aniqlandi

Bektemir tumanidagi “Bekuz kelajak” issiqxonasi olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalangani va filtrlovchi moslamalari nosoz ekani aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan atrof-muhitni ifloslantirganlik bo‘yicha hisob-kitob ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda PPX xodimlari 13 yoshli bolani mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi (video)
2 fevral 2024, 10:02

Toshkentda PPX xodimlari 13 yoshli bolani mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi (video)

Chilonzor tumanida 13 yoshli bolaning yonidan pirotexnika vositasi chiqqach, PPX xodimlari uni mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi. Bola boshidan lat yegan va qattiq qo‘rqqan. Ikki xodimga hayfsan berildi. Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra holatni prokuratura o‘rganmoqda.

Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi sabab ikki yo‘lovchi jarohatlandi
2 fevral 2024, 10:02

Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi sabab ikki yo‘lovchi jarohatlandi

Toshkentda 52-sonli avtobus haydovchisi yo‘lovchilar avtobusga chiqib ulgurmasidan eshiklarini yopib oldi. Oqibatda ayol va uning qizi jarohatlandi. Haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

“Qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanadi”. Surxondaryo hokimligi maktabga olib boruvchi qoniqarsiz yo‘l haqida
2 fevral 2024, 09:58

“Qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanadi”. Surxondaryo hokimligi maktabga olib boruvchi qoniqarsiz yo‘l haqida

Tarmoqlarda Surxondaryoda maktab bolalari qoniqarsiz yo‘ldan maktabga ketayotgani videosi tarqaldi. Viloyat hokimligi yo‘ldagi qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanishini ma’lum qildi.

JSST: 2050-yilda saratonga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi
2 fevral 2024, 01:30

JSST: 2050-yilda saratonga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi

JSSTga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi. Bunga nafaqat aholi soni va yashash davomiyligining o‘sib borayotgani, balki tamaki iste’moli yoki havoning ifloslanishi kabi omillar ham ta’sir qiladi.

AQSh askarlari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi
2 fevral 2024, 00:54

AQSh askarlari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi

Oq uy Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida amerikalik askarlar halok bo‘lgani sabab Iroq va Suriyadagi Eron bilan bog‘liq nishonlarga zarba berish rejalarini ma’qulladi.

O‘zbekistonda 2021-yildan beri birinchi marta o‘lim darajasi oshdi
2 fevral 2024, 00:37

O‘zbekistonda 2021-yildan beri birinchi marta o‘lim darajasi oshdi

O‘zbekistonda 2021-yili boshlangan o‘lim darajasining kamayish tendensiyasi 2023-yilga kelib to‘xtadi. Ammo bolalar va o‘smirlar o‘limining ulushi 2,3 barobar kamaydi. O‘lim holatlarining asosiy sababi — hali ham qon aylanish kasalliklari. Respirator kasalliklar ulushi qisqargan, onkologiya ulushi esa ortgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 7 ta kompaniyasini sotganini ma’lum qildi. Hozir ular kimga tegishli?
1 fevral 2024, 22:51

Jahongir Ortiqxo‘jayev 7 ta kompaniyasini sotganini ma’lum qildi. Hozir ular kimga tegishli?

Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasi, jumladan, Magic City parki va Mediapark texnika do‘konlari tarmog‘ini sotganini aytdi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlarga asoslanib, ayni paytda ushbu kompaniyalar kimga tegishli ekanini o‘rganib chiqdi.

Buxorodagi turistik markaz avval qayerda rejalashtirilgan bo‘lsa, o‘sha yerda quriladi. Loyiha haqida nimalar ma’lum?
1 fevral 2024, 22:29

Buxorodagi turistik markaz avval qayerda rejalashtirilgan bo‘lsa, o‘sha yerda quriladi. Loyiha haqida nimalar ma’lum?

Buxoro shahri markazida o‘nlab davlat obyektlari, jumladan, hokimlik binolari va stadion joylashgan 32,6 gektar maydonda etnografik turizm markazi barpo etiladi. Viloyat hokimi Botir Zaripov o‘tgan yili fuqarolarning noroziligidan so‘ng to‘xtatilgan loyiha tafsilotlari haqida gapirdi.

Prezident “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
1 fevral 2024, 21:56

Prezident “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjatda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Asosiy ma’lumotlar.

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?
1 fevral 2024, 21:09

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi, kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi, ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dileri bo‘lishi talabi etiladi, ayrim nafaqa miqdorlari oshadi — 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

“Gazeta.uz” Toshkent umumiy tarmog‘iga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigini qo‘shdi
1 fevral 2024, 20:58

“Gazeta.uz” Toshkent umumiy tarmog‘iga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigini qo‘shdi

“Gazeta.uz” tahririyati binosi tomiga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigi o‘rnatildi. Undan olingan ma’lumotlar ko‘pchilik havo sifatini tekshirish uchun foydalanadigan iqair.com portalidagi umumiy tarmoqqa yuklanmoqda. Bu ma’lumotlar kelgusida saytimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib boriladi.

AQShda O‘zbekistonga aloqador ikki kishi immigratsion firibgarlikda ayblandi
1 fevral 2024, 20:08

AQShda O‘zbekistonga aloqador ikki kishi immigratsion firibgarlikda ayblandi

AQSh prokuraturasi O‘zbekiston fuqarosi va Amerika fuqaroligiga ega o‘zbekistonlikni immigratsion firibgarlik va AQSh hukumatini aldashda ayblamoqda. Ular ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 50 mlrd yevrolik yordam paketi berishga kelishib oldi
1 fevral 2024, 19:27

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 50 mlrd yevrolik yordam paketi berishga kelishib oldi

Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati Ukrainaga 50 mlrd yevro miqdoridagi yordam paketini berishga rozi bo‘ldi. “Biz nima xavf ostida turganini bilamiz”, — dedi Yevrokengash rahbari Sharl Mishel. Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban paketga qarshi chiqqan edi, biroq YeI u bilan murosaga erisha oldi.

HONOR X8b taqdim qilindi: elegant korpusdagi professional fototasvirlar
1 fevral 2024, 17:00

HONOR X8b taqdim qilindi: elegant korpusdagi professional fototasvirlar

Flagmanlar darajasidagi texnik jihozlar bilan qulay narxdagi smartfon ilg‘or uch kamerali tizimga ega bo‘lib, hayotdagi muhim lahzalarni suratga aniq va sifatli muhrlashga qodir.

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklar uchun Germaniyada 50 ming bo‘sh ish o‘rnini taklif qilmoqda
1 fevral 2024, 15:59

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklar uchun Germaniyada 50 ming bo‘sh ish o‘rnini taklif qilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqida e’lon berdi. Fuqarolar hamshiralik, haydovchilik kasblari, shuningdek, mehmonxona, restoran, turizm va boshqa sohalarda ishlashi mumkin.

O‘zbekistonda yanvar oyida inflyatsiya 0,64 foizni tashkil etdi
1 fevral 2024, 15:41

O‘zbekistonda yanvar oyida inflyatsiya 0,64 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasida meva-sabzavotlarining narxi oshishi asosiy omilga aylandi. Shuningdek, chiqindi xizmati, benzin va propan narxlari oshdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting