Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
2 fevral 2024, 21:30

Andijonda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Yong‘inga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat FVB.

O‘zbekiston YOII dastur va loyihalaridagi ishtirokini kengaytirmoqchi
2 fevral 2024, 21:06

O‘zbekiston YOII dastur va loyihalaridagi ishtirokini kengaytirmoqchi

Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston YOIIning ko‘p tomonlama dastur va loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u yashil yo‘laklarni to‘liq ishga tushirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari erkin savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taklif qildi.

O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi
2 fevral 2024, 20:09

O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi

2024-yilning yanvar oyida harorat juda iliq bo‘ldi. Iqlim me’yoridan yuqori bo‘lgan harorat deyarli oy davomida saqlanib turdi. O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, o‘tgan oy meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev — biznes, o‘qish va ishlash o‘rtasidagi tanlov hamda mahsulotni targ‘ib qilish haqida
2 fevral 2024, 19:18

Jahongir Ortiqxo‘jayev — biznes, o‘qish va ishlash o‘rtasidagi tanlov hamda mahsulotni targ‘ib qilish haqida

Toshkentning sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev biznes marafonda yoshlarning savollariga javob berdi. “Otam biznesga kirishimdan qo‘rqardi. Bir kun qamalib ketasan derdi”, — deydi u. Ortiqxo‘jayev, shuningdek, Artel reklamasiga nega Bahodir Jalolov tanlangani haqida gapirdi.

“Qatarni xavotirga soladigan jihatlarimiz bor”. Srechko Katanets — O‘zbekistonning chorak finaldagi o‘yini haqida
2 fevral 2024, 18:56

“Qatarni xavotirga soladigan jihatlarimiz bor”. Srechko Katanets — O‘zbekistonning chorak finaldagi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining chorak finalidagi raqib — Qatar bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi. “Jamoa Qatarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini biladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar yetarli. ¼ finalga qadar keldik, buyog‘iga yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, — dedi u.

“Toshkent IES” havo va tuproqni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi (+foto, video)
2 fevral 2024, 18:24

“Toshkent IES” havo va tuproqni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi (+foto, video)

Yanvar oyida ekologlar Toshkent issiqlik elektr stansiyasi (ToshGRES)ning havo va tuproqqa ta’sirini o‘rgandi. Aniqlangan zarar 1 mlrd so‘mga baholanmoqda, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi. IES asosiy yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanadi, lekin ba’zida mazut yoqadi, shuning uchun poytaxtni tutun qoplagan.

Otabek Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbar bo‘ldi
2 fevral 2024, 17:36

Otabek Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbar bo‘ldi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga Otabek Hasanov rahbar etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari edi.

Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
2 fevral 2024, 17:26

Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX Sirdaryoda 46 sotix yerni 46,5 ming dollarga, Namanganda 36 sotix yerni 25 ming dollarga va Qashqadaryoda 25 sotix davlat zaxirasidagi yerni 300 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni ushladi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish vakolati berildi
2 fevral 2024, 16:39

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga qonunbuzarlarni javobgarlikka tortish vakolati berildi

Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berildi.

Kongratbay Sharipov oliy ta’lim vaziri bo‘ldi
2 fevral 2024, 16:36

Kongratbay Sharipov oliy ta’lim vaziri bo‘ldi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Ma’naviyat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishdan olindi
2 fevral 2024, 16:23

Ma’naviyat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishdan olindi

2019-yilning sentabridan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida ishlagan Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) ishdan olindi. U Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (3−4-fevral)
2 fevral 2024, 15:50

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (3−4-fevral)

Sakkizta film premyerasi, teatrlashtirilgan tomoshalar, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, bolalar mahorat darslari va shoulari, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

MTRKga salkam 20 yil rahbarlik qilgan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi
2 fevral 2024, 15:35

MTRKga salkam 20 yil rahbarlik qilgan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi

O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.

Toshkent metrosida qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi
2 fevral 2024, 14:37

Toshkent metrosida qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda metro vagonida qizga shilqimlik qilgan erkakka nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Sudda erkak o‘z aybini tan olmagan. Qiz erkakning harakatlari atayin amalga oshirilgani va “Buyuk ipak yo‘li” bekatida uni ta’qib qilganini ma’lum qilgan.

Prezident NKMK, OKMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi
2 fevral 2024, 13:09

Prezident NKMK, OKMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

Prezident Navoiy va Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. NKMK oltin zaxiralarini 1000 tonnaga oshirishni, OKMK mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazishni, “O‘zmetkombinat” esa ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga kamaytirishni reja qilmoqda.

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi o‘rganildi
2 fevral 2024, 12:46

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi o‘rganildi

Oila instituti 3 mingdan ortiq odam o‘rtasida oilalarning baxtlilik darajasini tahlil qildi. Indeksda Xorazm, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi eng yuqori, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari esa quyi o‘rinni egalladi. Tahlil natijalari.

Dam olish kunlari Bo‘stonliq tog‘lariga harakat bir tomonlama tashkil etiladi
2 fevral 2024, 11:58

Dam olish kunlari Bo‘stonliq tog‘lariga harakat bir tomonlama tashkil etiladi

3−4-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tog‘laridagi dam olish maskanlariga borish uchun transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bunda ob-havo sharoiti, fuqarolarning tashrifi ortishi va yo‘llardagi tirbandlik inobatga olingan.

Eronga kirishda O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 4-fevraldan amal qiladi
2 fevral 2024, 11:22

Eronga kirishda O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 4-fevraldan amal qiladi

Eron TIV mamlakatga sayyoh sifatida keladigan 28 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari 4-fevraldan vizasiz kira olishini ma’lum qildi. Bunday qaror orqali Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yilishi bildirilgan.

Qashqadaryoda 150 tup daraxt qo‘porib olingani aniqlandi
2 fevral 2024, 11:13

Qashqadaryoda 150 tup daraxt qo‘porib olingani aniqlandi

Kasbi tumanida Toʼpalang HPD Holding MCHJ mas’ullari kanal qirg‘og‘idagi 150 tup daraxtni ildizlari bilan qo‘porib oldi. Buning oqibatida tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetgan. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
2 fevral 2024, 10:52

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting