Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaro afv etildi
29 aprel 2022, 17:26

Ramazon hayiti arafasida 65 nafar fuqaro afv etildi

Prezident Ramazon hayiti arafasida tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 65 nafar fuqaroni afv etish bo‘yicha farmonni imzoladi.

Namanganda bank xodimlari va tadbirkorlar imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilishdi
29 aprel 2022, 17:23

Namanganda bank xodimlari va tadbirkorlar imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilishdi

Chortoq tumanida bank mas’ul xodimlari tadbirkor bilan o‘zaro til biriktirib, quyonchilik va chorvachilik uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Mingbuloq tumanida esa tadbirkor bankning sobiq mansabdor shaxslari bilan birgalikda fuqarolarga tikuvchilik uchun ajratilgan 143,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.

Rublning rasmiy kursi tarixiy rekordni qayd etdi
29 aprel 2022, 16:39

Rublning rasmiy kursi tarixiy rekordni qayd etdi

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,76 so‘mga ko‘tarilib, 157,52 so‘mga teng bo‘ldi. Rublning ushbu kursi o‘z tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi. Dollar rasmiy kursi ketma-ket oltinchi kun pasayib, 11 161,96 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa ko‘tarildi.

Urush faxriylariga 15 mln so‘mdan beriladi
29 aprel 2022, 16:25

Urush faxriylariga 15 mln so‘mdan beriladi

9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalidagi asirlarga 15 mln so‘mdan to‘lanadi.

To‘qqizta hududda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin
29 aprel 2022, 16:19

To‘qqizta hududda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin

3−5 may kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi. FVV sel xavfi bo‘lganda zarur harakatlar bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘zbekistonliklarning real daromadlari o‘sishi sekinlashdi
29 aprel 2022, 16:06

O‘zbekistonliklarning real daromadlari o‘sishi sekinlashdi

2022-yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisining real daromadlari o‘sishi 3,3 foizgacha sekinlashdi. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilda 7,7 foizga teng bo‘lgandi. Aholining daromadlar tarkibida pul o‘tkazmalarining ulushi kamaydi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga umumiy daromad 3,2 mln so‘mgacha ko‘tarildi.

«Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi» — prezident
29 aprel 2022, 15:56

«Yo‘lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo‘lmaydi» — prezident

Samarqandda jamoat transportini rivojlantirish uchun 2023 yil oxirigacha 40 ta yangi, jumladan, 5 ta ekspress yo‘nalish ochish, markaziy ko‘chalarda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar ajratish, 180 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilmoqda. 1 iyuldan boshlab shahar jamoat transporti viloyat budjeti hisobidan subsidiyalanadi. Ikki tumanni Samarqand bilan elektropoyezd orqali ulash taklif qilinmoqda. «Yo‘llarni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal qilib bo‘lmaydi. Jamoat transportiga ustuvor ahamiyat berish kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi
29 aprel 2022, 15:50

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayevaning fikricha, tijorat banklarida amalga oshirilayotgan korrupsion holatlar islohotlarga soya solmoqda. Shuningdek, u bitta bankda jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tdi.

1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi
29 aprel 2022, 15:39 2

1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi. Shuningdek, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan hamda boquvchisini yo‘qotganlar uchun oylik nafaqa miqdori 500 ming so‘m etib belgilandi.

«Jasorat va qat’iyatingizga dunyo qoyil qolmoqda». BMT bosh kotibi Ukraina xalqiga
29 aprel 2022, 15:38

«Jasorat va qat’iyatingizga dunyo qoyil qolmoqda». BMT bosh kotibi Ukraina xalqiga

BMT bosh kotibi Ukraina prezidenti bilan uchrashuvda BMT Xavfsizlik kengashi Ukrainadagi urushning oldini olish yoki to‘xtata olmaganini katta umidsizlik deb atadi. Antoniu Guterrish Rossiyaning bostirib kirishi Ukraina hududiy yaxlitligi va BMT Nizomini buzish ekanini yana bir bor ta’kidladi. BMT rahbari Kiyevda bo‘lgan vaqtida shaharga ikkita raketa hujumi uyushtirildi.

Qirg‘izistonga kirishda manfiy PZR testi yoki kovid sertifikat talab etilmaydi
29 aprel 2022, 15:22

Qirg‘izistonga kirishda manfiy PZR testi yoki kovid sertifikat talab etilmaydi

Qirg‘iziston 1-maydan boshlab barcha turdagi transport vositalarida davlat chegarasini kesib o‘tuvchilardan manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikati mavjudligi haqidagi talabni bekor qilmoqda.

Termitlar «Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazmoqda
29 aprel 2022, 14:56

Termitlar «Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazmoqda

Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatovning ma’lum qilishicha, «Ichan-Qal’a» tarixiy yodgorlik majmuidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda.

Ramazon hayiti kuni masjidlarga kelib-ketish uchun avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi (ro‘yxat)
29 aprel 2022, 14:26

Ramazon hayiti kuni masjidlarga kelib-ketish uchun avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi (ro‘yxat)

«Toshshahartransxizmat» tomonidan 2 may kuni Ramazon hayiti bayramida Toshkentda 98 ta masjidga borib-kelish uchun avtobuslar yo‘nalishi tashkil qilindi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar harakatlanadi.

Yevropa Ittifoqi Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekadi
29 aprel 2022, 14:19

Yevropa Ittifoqi Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekadi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga sovg‘a sifatida va hukumatning sahroga aylanayotgan yerlarni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil oxirigacha Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekish niyatida. YeI elchilari tomonidan daraxtlarning birinchi partiyasi 28 aprel kuni ekildi.

Uzbekistan Airways may oyidan Toshkentdan Batumiga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
29 aprel 2022, 13:47

Uzbekistan Airways may oyidan Toshkentdan Batumiga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Batumiga haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshiradi

May oyi juda issiq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda
29 aprel 2022, 13:12

May oyi juda issiq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda

Aprel oyi oxirlarida havo harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda may oyi Erondan keladigan issiq havo oqimi hisobiga juda issiq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat janubda +39 darajagacha ko‘tariladi. 3−4 mayga kelib esa havo biroz salqinlashadi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Sirdaryo viloyatida o‘smir yigit kanalga cho‘kib ketdi
29 aprel 2022, 12:17

Sirdaryo viloyatida o‘smir yigit kanalga cho‘kib ketdi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridan oqib o‘tgan Janubiy Mirzacho‘l kanalida 17 yoshli o‘smir cho‘kib ketdi. Qutqaruvchilar qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekistondagi 30ta OTM THE Impact Rankings xalqaro reytingidan o‘rin oldi
29 aprel 2022, 11:57

O‘zbekistondagi 30ta OTM THE Impact Rankings xalqaro reytingidan o‘rin oldi

O‘zbekistondagi 30 ta oliygoh Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda OTMlar ta’sirini baholovchi THE Impact Rankings xalqaro reytingidan joy oldi. Toshkent davlat agrar universiteti ushbu reytingda mingtalikka kirgan.

O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qildi
29 aprel 2022, 11:45

O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi o‘z joniga qasd qildi. “Gazeta.uz” manbasining ma’lum qilishicha, u o‘zini 4-qavatdan tashlagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Kinder mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytirdi
29 aprel 2022, 11:21

Sog‘liqni saqlash vazirligi Kinder mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytirdi

Jahonda salmonellyoz kasalligi avj olishi fonida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ehtiyot choralarini kuchaytirib, davlatga kirib kelayotgan va savdoga chiqarilayotgan barcha shirinliklar qatori Kinder shokoladlari xavfsizligini ham nazoratdan o‘tkazmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting