26 aprel kuni Yangiyer shahridagi (Sirdaryo viloyati) Fazilat mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Mirzacho‘l kanalida 17 yoshli o‘smir cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda FVB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, yigit belgilanmagan joyda cho‘milayotgan bo‘lgan. Qutqaruvchilar qidirish ishlarini olib bormoqda.

Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni belgilanmagan joylarda cho‘milmaslikka chaqirdi.