«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi
29 aprel 2022, 15:50

«Jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri» — Senat raisi

Senat raisi Tanzila Narbayevaning fikricha, tijorat banklarida amalga oshirilayotgan korrupsion holatlar islohotlarga soya solmoqda. Shuningdek, u bitta bankda jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tdi.

1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi
29 aprel 2022, 15:39 2

1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi. Shuningdek, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan hamda boquvchisini yo‘qotganlar uchun oylik nafaqa miqdori 500 ming so‘m etib belgilandi.

«Jasorat va qat’iyatingizga dunyo qoyil qolmoqda». BMT bosh kotibi Ukraina xalqiga
29 aprel 2022, 15:38

«Jasorat va qat’iyatingizga dunyo qoyil qolmoqda». BMT bosh kotibi Ukraina xalqiga

BMT bosh kotibi Ukraina prezidenti bilan uchrashuvda BMT Xavfsizlik kengashi Ukrainadagi urushning oldini olish yoki to‘xtata olmaganini katta umidsizlik deb atadi. Antoniu Guterrish Rossiyaning bostirib kirishi Ukraina hududiy yaxlitligi va BMT Nizomini buzish ekanini yana bir bor ta’kidladi. BMT rahbari Kiyevda bo‘lgan vaqtida shaharga ikkita raketa hujumi uyushtirildi.

Qirg‘izistonga kirishda manfiy PZR testi yoki kovid sertifikat talab etilmaydi
29 aprel 2022, 15:22

Qirg‘izistonga kirishda manfiy PZR testi yoki kovid sertifikat talab etilmaydi

Qirg‘iziston 1-maydan boshlab barcha turdagi transport vositalarida davlat chegarasini kesib o‘tuvchilardan manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikati mavjudligi haqidagi talabni bekor qilmoqda.

Termitlar «Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazmoqda
29 aprel 2022, 14:56

Termitlar «Ichan-Qal’a»dagi 33ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetkazmoqda

Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatovning ma’lum qilishicha, «Ichan-Qal’a» tarixiy yodgorlik majmuidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda.

Ramazon hayiti kuni masjidlarga kelib-ketish uchun avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi (ro‘yxat)
29 aprel 2022, 14:26

Ramazon hayiti kuni masjidlarga kelib-ketish uchun avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi (ro‘yxat)

«Toshshahartransxizmat» tomonidan 2 may kuni Ramazon hayiti bayramida Toshkentda 98 ta masjidga borib-kelish uchun avtobuslar yo‘nalishi tashkil qilindi. Avtobuslar 03:00 dan 06:00 ga qadar harakatlanadi.

Yevropa Ittifoqi Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekadi
29 aprel 2022, 14:19

Yevropa Ittifoqi Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekadi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonga sovg‘a sifatida va hukumatning sahroga aylanayotgan yerlarni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil oxirigacha Orol dengizining qurigan tubiga 27 ming tup daraxt ekish niyatida. YeI elchilari tomonidan daraxtlarning birinchi partiyasi 28 aprel kuni ekildi.

Uzbekistan Airways may oyidan Toshkentdan Batumiga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
29 aprel 2022, 13:47

Uzbekistan Airways may oyidan Toshkentdan Batumiga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Batumiga haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshiradi

May oyi juda issiq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda
29 aprel 2022, 13:12

May oyi juda issiq ob-havo bilan boshlanishi kutilmoqda

Aprel oyi oxirlarida havo harorati o‘zgaruvchan bo‘ladi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda may oyi Erondan keladigan issiq havo oqimi hisobiga juda issiq ob-havo bilan boshlanadi. Harorat janubda +39 darajagacha ko‘tariladi. 3−4 mayga kelib esa havo biroz salqinlashadi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Sirdaryo viloyatida o‘smir yigit kanalga cho‘kib ketdi
29 aprel 2022, 12:17

Sirdaryo viloyatida o‘smir yigit kanalga cho‘kib ketdi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridan oqib o‘tgan Janubiy Mirzacho‘l kanalida 17 yoshli o‘smir cho‘kib ketdi. Qutqaruvchilar qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekistondagi 30ta OTM THE Impact Rankings xalqaro reytingidan o‘rin oldi
29 aprel 2022, 11:57

O‘zbekistondagi 30ta OTM THE Impact Rankings xalqaro reytingidan o‘rin oldi

O‘zbekistondagi 30 ta oliygoh Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda OTMlar ta’sirini baholovchi THE Impact Rankings xalqaro reytingidan joy oldi. Toshkent davlat agrar universiteti ushbu reytingda mingtalikka kirgan.

O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qildi
29 aprel 2022, 11:45

O‘zDJTU talabasi o‘z joniga qasd qildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi o‘z joniga qasd qildi. “Gazeta.uz” manbasining ma’lum qilishicha, u o‘zini 4-qavatdan tashlagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Kinder mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytirdi
29 aprel 2022, 11:21

Sog‘liqni saqlash vazirligi Kinder mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytirdi

Jahonda salmonellyoz kasalligi avj olishi fonida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ehtiyot choralarini kuchaytirib, davlatga kirib kelayotgan va savdoga chiqarilayotgan barcha shirinliklar qatori Kinder shokoladlari xavfsizligini ham nazoratdan o‘tkazmoqda.

“Milliy g‘oya sifatida aholini qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirishimiz kerak” — adliya vaziri
29 aprel 2022, 11:01

“Milliy g‘oya sifatida aholini qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirishimiz kerak” — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aholini milliy g‘oya sifatida qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirish, buni eng avvalo, davlat organlari faoliyatida ta’minlash zarur, deb hisoblaydi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining huquqiy tafakkurini isloh qilish, samosud va firibgarlik holatlari ko‘paygani haqida gapirdi. Adliya vazirligi jinoyatlardan yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagan mahkumlarni shartli ravishda ozod etishni bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda qanday o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda?
29 aprel 2022, 10:53

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda qanday o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda?

Senatorlar «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Soliq kodeksi to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvchi tashkilotlar va uy-joy boshqaruvchilari uchun soliq imtiyozlarini o‘z ichiga oladi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ko‘p kvartirali uylardan foydalanish va ularni boshqarish qoidalarini buzish sohasidagi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar ro‘yxati to‘liq bo‘lmasligi mumkin — qonun matni e’lon qilinganicha yo‘q.

O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi ish boshladi
29 aprel 2022, 10:07

O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonda Falastinning qayta tayinlangan elchisi Javad Muhammad Avad o‘z faoliyatini boshladi. Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston oltin bozorida Rossiya bilan raqobatlashmaydi — Shuhrat Vafoyev
28 aprel 2022, 22:47

O‘zbekiston oltin bozorida Rossiya bilan raqobatlashmaydi — Shuhrat Vafoyev

O‘zbekiston Rossiya oltinini tashqi bozorlarda almashtirishni rejalashtirmayapti, deya ta’kidladi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev RBKga. 2021 yilda bu davlatlar qimmatbaho metallar eksporti bo‘yicha jahon yetakchilari qatoridan joy oldi.

28 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 aprel 2022, 22:01

28 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda bukmekerlikni qonuniylashtirish bekor qilingani, 8 daqiqa o‘tmay jonli efirdan uzilgan Senat majlisi, 4 sotix yerni $30 mingga sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi va uning sinfdoshi, Hisor tog‘laridagi bahor, kreditlarga kafil bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirgan Markaziy bank va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 28 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish bekor qilindi
28 aprel 2022, 19:08

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish bekor qilindi

Prezident O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Prezidentning avvalgi farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat berilgan, biroq huquqiy asoslar mavjud bo‘lmagani sababli mamlakatda ular faoliyati noqonuniy bo‘lib qolayotgan edi.

Senat inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
28 aprel 2022, 18:30

Senat inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Endilikda inson a’zolari transplantatsiyasi uchun bemorga qarindosh bo‘lmaganlar ham donorlik qilishi mumkin. Tirik donorni undan a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olish uchun rozilik berishga majburlash taqiqlanadi.O‘zbekiston fuqarosi chet davlat fuqarosi bo‘lgan retsipiyent uchun donor bo‘lolmaydi. «Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting