Uzbekistan Airways 21 maydan boshlab Toshkent-Batumi-Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy qatnovlarni amalga oshiradi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Toshkentdan dengiz sohilidagi kurort shahriga parvozlar haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkent — Batumi yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 386 569 so‘mdan (bagajsiz) va 2 746 353 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent — Batumi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 070 059 so‘mdan (bagajsiz) va 4 621 728 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Koronavirus cheklovlari tufayli Gruziyaga kirish shartlari aviakompaniya veb-saytida ko‘rsatilgan. Shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkentdan Gruziya poytaxti Tbilisiga ham qatnovlarni amalga oshiradi.