Toshkentda 6−8 may kunlari gullar festivali bo‘lib o‘tadi
4 may 2022, 17:46

Toshkentda 6−8 may kunlari gullar festivali bo‘lib o‘tadi

6−8 may kunlari Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa maydonida Tashkent Flower Fest gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Uni bezatish uchun 2 milliondan ortiq gullardan foydalaniladi.

Umida Omonova blits bo‘yicha ham yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
4 may 2022, 16:31

Umida Omonova blits bo‘yicha ham yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blits bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatdi. Humoyun Bekmurodov esa «Open12» guruhida ikkala yo‘nalishda ham kumush medali sohibi bo‘ldi.

Rossiya o‘zbekistonliklarning ro‘yxatdan o‘tish muddatini 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi
4 may 2022, 15:54

Rossiya o‘zbekistonliklarning ro‘yxatdan o‘tish muddatini 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi

Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish muddatini 7 kundan 15 kungacha uzaytirish bo‘yicha qarorni ratifikatsiya qildi. Xuddi shunday tartib O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyaliklar uchun ham nazarda tutilgan.

«Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha faoliyatini yakunladi
4 may 2022, 15:36

«Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha faoliyatini yakunladi

Pandemiya davrida ochilgan Sardor Rahimxon boshchiligidagi «Yurak amri» xayriya fondi vaqtincha yopildi. Tashkilotchi qaror ortidan xatolarni isloh qilib, rasmiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilinganini ta’kidladi.

Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich vafot etdi
4 may 2022, 14:11

Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich vafot etdi

Belarusning birinchi rahbari Stanislav Shushkevich 88-yoshida vafot etdi. U 1991 yilda SSSR tugatilishi va MDH tashkil etilishi bo‘yicha Belovej kelishuvlarida Belarus vakili sifatida ishtirok etgan edi.

TIV O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi
4 may 2022, 12:45

TIV O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida otishma bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida o‘zbek chegarachilarining o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan otishma haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xabar bermoqda TIV. «Chegaradagi vaziyat tinchligicha qolmoqda, janubiy chegaralarni himoya qilish odatdagi rejimda olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi
4 may 2022, 10:57

Moskvada ikki o‘zbekistonlik yong‘in tufayli halok bo‘ldi

Seshanba kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Mitishi shahrida 2 o‘zbekistonlik va uy egasi ko‘p qavatli binoda chiqqan yong‘in tufayli vafot etdi. Yong‘inga sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani sabab bo‘lgani aytildi.

Toshkentda yangi yo‘l va ko‘prik ochildi (Foto)
4 may 2022, 10:27

Toshkentda yangi yo‘l va ko‘prik ochildi (Foto)

Prezident Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozidan beri olib borilayotgan edi.

FIDE o‘smirlar jahon chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchilar oltin va kumush medalga ega chiqishdi
3 may 2022, 17:49

FIDE o‘smirlar jahon chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchilar oltin va kumush medalga ega chiqishdi

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE o‘smirlar jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova (16 yosh) jahon chempioni bo‘ldi, Humoyun Bekmurodov (12 yosh) esa kumush medali sohibiga aylandi.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, biroq vaziyat «murakkab”ligicha qolmoqda
3 may 2022, 15:50

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida ko‘tarildi, biroq vaziyat «murakkab"ligicha qolmoqda

O‘zbekiston «Chegarasiz reportyorlar» tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 24 pog‘onaga ko‘tarilib, 133-o‘rinni egalladi. Bunday keskin o‘zgarish reyting metodologiyasining yangilangani bilan bog‘liq. Mamlakatda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat oldingidek «murakkab» deya baholanmoqda.

OTMga kirish imtiyozlari qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda
3 may 2022, 13:07

OTMga kirish imtiyozlari qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda

OTMga o‘qishga kirish uchun berilgan imtiyozlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning qat’iy ro‘yxati yagona hujjatda shakllantirilishi mumkin. Tegishli prezident qarori loyihasida ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish ham nazarda tutilgan. Shuningdek, o‘qishni ko‘chirish jarayoni raqamlashtirilishi mumkin.

4 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
3 may 2022, 12:49

4 may kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, 4 may kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti.

Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus aniqlandi
3 may 2022, 11:54

Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus aniqlandi

2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.

Aprel oyida inflyatsiya qariyb 1,5%ni tashkil etdi
2 may 2022, 17:28

Aprel oyida inflyatsiya qariyb 1,5%ni tashkil etdi

Aprel oyida tovarlar va xizmatlar narxlari 1,47%ga qimmatlashdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,4%ga tushdi. Oziq-ovqat narxlari oldingi yillarga nisbatan sekinroq, sanoat tovarlari esa tezroq o‘sgan.

Samarqanddagi bank rahbari kredit ajratish evaziga pora olmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi
2 may 2022, 14:29

Samarqanddagi bank rahbari kredit ajratish evaziga pora olmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi

Samarqandda «Mikrokreditbank» filiali rahbari tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 ming dollar pora talab qilib, aytilgan summaning 6 mingini olayotganda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX Tojikistondan kelgan poyezdda qariyb 2 kg «opiy»ni aniqladi
2 may 2022, 12:26

DXX Tojikistondan kelgan poyezdda qariyb 2 kg «opiy»ni aniqladi

DXX Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi xalqaro o‘tkazish punktida Tojikistondan kirib kelgan yuk poyezdi vagonining g‘ildiraklari orasida 1 kilogramm 949 grammlik «opiy» giyohvandlik vositasi borligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi
1 may 2022, 22:10

Prezident Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident o‘zining bayram tabrigida Ramazon hayiti dunyo ahlini o‘zaro do‘st va birodar bo‘lib, totuvlik va hamkorlikda yashashga da’vat etishini ta’kidladi. «Yurtimizda barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, qadimiy va o‘lmas qadriyatlarga tayangan holda taraqqiyot sari jadal odimlash — davr talabidir», — dedi u.

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti
1 may 2022, 18:55

O‘zbekiston harbiy texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti

O‘zbekiston o‘tgan yil avgustida mamlakatga uchib kelgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki ular AQSh mulki hisoblanadi va bu masala rasmiy Vashington tomonidan hal qilinishi kerak. Bu haqda «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo makonining buzib o‘tilgani haqidagi xabarga raddiya berdi
1 may 2022, 10:50

Mudofaa vazirligi Afg‘oniston havo makonining buzib o‘tilgani haqidagi xabarga raddiya berdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi «Sputnik Afganistan» agentligining O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqidagi xabarini rad etdi.

Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi
1 may 2022, 10:34

Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:40 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting