Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 5 maydan amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

  • 1 AQSh dollari 17,84 so‘mga arzonladi va 11 161,96 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 45,97 so‘mga ko‘tarildi va 11 807,12 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 4,76 so‘mga ko‘tarildi va 157,52 so‘mga teng bo‘ldi.

Markaziy bankning valyuta kurslari arxiviga ko‘ra, rublning ushbu kursi o‘z tarixidagi eng yuqor ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan oldingi rekord 2020 yilning 14 yanvar kuni qayd etilgan bo‘lib, undu 1 rubl 156,59 so‘mga teng bo‘lgan.