O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 29 aprel kuni taxminan soat tonggi 8:10 lar atrofida talaba o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan, deya xabar qildi OTM axborot xizmati. Talaba voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Gazeta.uz” manbasining ma’lum qilishicha, u o‘zini 4-qavatdan tashlab yuborgan. Hozircha suiqasd sabablari va boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.