Termitlar butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan, YUNESKO muhofazasidagi «Ichan-Qal’a» tarixiy yodgorlik majmuidagi 33 ta tarixiy obidaning yog‘och o‘ymakorligi ishlanmalariga jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Juma masjid muzeyi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli zararlangan.

Baxtiyor Xolmatov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi tarixiy obidalar ham termitlardan zarar ko‘rganini aytdi.

Surxondaryodagi Al Hakim at-Termiziy, Qashqadaryodagi Hazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Hasan-Husan ziyoratgohi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida termitlarning zarari qayd etilgan.