Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi o‘tkaziladi
15 aprel 2022, 10:11

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi o‘tkaziladi

15 aprel kuni Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi start oladi. Rossiya, Belarus va Ukraina gimnastikachilari uzoq yillar davomida birinchi marta Toshkent turnirida qatnashmaydi. Tomoshabinlar uchun musobaqalarga kirish bepul.

Uzbekistan Airports boshqaruv raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
15 aprel 2022, 09:45

Uzbekistan Airports boshqaruv raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Abdullayev Uzbekistan Airports boshqaruv raisining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U bungacha Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari edi. Avval prezident devonida ishlagan Boxodir Mirusmanov esa personal bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

«Pushkin» bekatida yigit o‘zini metro poyezdi ostiga tashladi
14 aprel 2022, 22:12

«Pushkin» bekatida yigit o‘zini metro poyezdi ostiga tashladi

22 yoshli yigit qasddan o‘zini metro poyezdi ostiga tashladi. Mashinist poyezdni tezkor to‘xtatishi natijasida u omon qoldi.

14 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 aprel 2022, 22:00

14 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

BMT komissiyasi a’zosi etib saylangan O‘zbekiston, mamlakatni mintaqaviy IT markaziga aylantirishga ko‘rsatma bergan prezident, tahdidlar tufayli maqolasini o‘chirishga majbur bo‘lgan Rost24 bosh muharriri, metro jetonlarining qayta sotib olinishi, O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlarini egallab turgan 27% ayollar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Endi jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin
14 aprel 2022, 20:41

Endi jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin

Prezident to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin, ilgari bunday tartib mavjud emas edi. To‘lovga qobiliyatsizik holati sud tomonidan ko‘rib chiqiladi va sud qarorisiz undiruvni mol-mulkka qaratishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari, «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonun ham o‘z kuchini yo‘qotdi.

Yaponiya TIV rahbari aprel oxirida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda — OAV
14 aprel 2022, 18:50

Yaponiya TIV rahbari aprel oxirida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda — OAV

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi aprel oxirida O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shuningdek, Yaponiya TIV rahbari iyun oyi oxirigacha Markaziy Osiyoning beshta davlati tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishini o‘tkazish va Xitoy kreditlari xavfi haqida ogohlantirishni rejalashtirmoqda.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksi e’lon qilindi
14 aprel 2022, 18:44

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksi e’lon qilindi

2021 yil uchun Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring yakuni bo‘yicha tuzilgan reyting e’lon qilindi. Unda vazirlik, qo‘mita, agentlik va markazlar, shuningdek, viloyat hokimliklarining natijalari qayd etilgan.

O‘zbekistonga yil boshidan beri 3 mingga yaqin xorijiy IT-mutaxassis kelgan
14 aprel 2022, 18:34

O‘zbekistonga yil boshidan beri 3 mingga yaqin xorijiy IT-mutaxassis kelgan

Prezident yil boshidan beri mamlakatga 3 mingga yaqin xorijiy IT-mutaxassis kelgani va ularning asosiy qismi shu yerda uzoq muddat qolib ishlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1000 nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirishga ko‘rsatma berildi.

Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirishga ko‘rsatma berdi
14 aprel 2022, 18:22

Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirishga ko‘rsatma berdi

Prezident O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. Buning uchun IT eksportini yil yakunigacha 100 mln dollarga yetkazish, yana 6 ta hududda IT-parklarni to‘liq ishga tushirish va kamida 20 tadan kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi. «Ushbu soha rivojlanmasa, boshqa biror bir tarmoq oldinga yurmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qarshi shahar hokimligi mansabdorlari 156,4 mlrd so‘mlik yerni noqonuniy ajratib bergani aniqlandi
14 aprel 2022, 18:04

Qarshi shahar hokimligi mansabdorlari 156,4 mlrd so‘mlik yerni noqonuniy ajratib bergani aniqlandi

Qarshi shahar hokimligi, Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi va Qurilish bo‘limining 7 nafar xodimi qonunga zid ravishda 318 ta holatda 105 gektar yerni auksionsiz berib yuborgani aniqlandi. Ushbu yer maydonlarining bozordagi bahosi 156,4 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Gumondorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga yuborildi.

Rost24 bosh muharriri tahdid va bosim tufayli maqolani o‘chirganini ma’lum qildi
14 aprel 2022, 17:56

Rost24 bosh muharriri tahdid va bosim tufayli maqolani o‘chirganini ma’lum qildi

Rost24 nashri bosh muharriri Anora Sodikova tahdid va bosimlar tufayli tadbirkor Jahongir Usmonov haqidagi maqolani olib tashlashga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Milliy mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov «jurnalistga tahdid qilishga, umuman tahdidlarga hech kim haqli emas», deya ta’kidladi.

1 iyundan shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
14 aprel 2022, 17:15

1 iyundan shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida, qolaversa, mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan xorij fuqarolariga ham JSHSHIR beriladi. 1 iyundan esa bu borada davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Sadir Japarov qirg‘izistonliklardan so‘z erkinligini suiiste’mol qilmaslikni so‘radi
14 aprel 2022, 16:45

Sadir Japarov qirg‘izistonliklardan so‘z erkinligini suiiste’mol qilmaslikni so‘radi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojarodan keyin jurnalist va blogerlarga murojaat qilib, qo‘shni davlatlar bilan mojarolar haqida gap ketganida, ma’lumotlarni buzib ko‘rsatmaslik va davlatlar rahbarlarini haqorat qilmaslikka chaqirdi. U, shuningdek, chegara masalasida muammolar borligini tan olib, prezidentlik muddati tugagunga qadar uni hal qilish niyatida ekanini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban telefon orqali muloqot qildi
14 aprel 2022, 16:20

Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti telefon orqali muloqotda Vengriya hukumati rahbarini «FIDES» — Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi.

Heritage Foundation`ning ayrim indekslarida O‘zbekiston KPI`ga erisha olmadi — Tanzila Narbayeva
14 aprel 2022, 15:09

Heritage Foundation`ning ayrim indekslarida O‘zbekiston KPI`ga erisha olmadi — Tanzila Narbayeva

Senat raisi Tanzila Narbayeva Heritage Foundation`ning «Erkin savdo» ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilanganini ma’lum qildi. Biroq, «Iqtisodiy erkinlik» indeksida O‘zbekiston 117-o‘rinni egallab, «asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar» guruhida qoldi. Qolaversa, «Sud faoliyati samaradorligi», «Soliq yuki», «Fiskal salomatlik», «Biznes yuritish», «Mehnat bozori erkinligi» indeksida ham KPI`ga erishilmagani tanqid qilindi.

Adliya vazirligi umumiy ovqatlanish sohasidagi asosiy muammolarni sanadi
14 aprel 2022, 14:04

Adliya vazirligi umumiy ovqatlanish sohasidagi asosiy muammolarni sanadi

Adliya vazirligi 2100 ta umumiy ovqatlanish korxonalarini o‘rgangan holda ushbu sohada juda ko‘p tekshiruvlar va murakkab soliq ma’muriyatchiligi mavjudligini aniqladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining 60 foizi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaydi, 30−40 foizi esa «soyada» ishlaydi, deya hisoblaydi vazirlik.

O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda — parlamentariy
14 aprel 2022, 13:45

O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda — parlamentariy

O‘zbekistonda xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlar orasida esa 25 foizga yetdi. O‘zbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning roliga bag‘ishlangan forumda ayollarning siyosatdagi ishtiroki muhokama qilindi.

Erondagi masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar topildi
14 aprel 2022, 13:13

Erondagi masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar topildi

Amir Temurning o‘g‘li Shohrux Mirzo Eronning Toyinobod shahrida qurdirgan masjid devorida Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy yozib qoldirgan bitiklar aniqlandi. Ayni paytda bitiklarni ilmiy jihatdan o‘rganishga doir ishlar olib borilmoqda.

Aholi qo‘lida qolgan metro jetonlari qayta sotib olinadi
14 aprel 2022, 12:53

Aholi qo‘lida qolgan metro jetonlari qayta sotib olinadi

Toshkent metropoliteni 15 apreldan aholi qo‘lida qolgan jetonlarni amaldagi yo‘l haqi narxida sotib oladi. Jetonlar kassalarda emas, balki Toshkent metropoliteni DUK binosida qabul qilinadi.

O‘zbekiston BMT komissiyasi a’zosi etib saylandi
14 aprel 2022, 12:03

O‘zbekiston BMT komissiyasi a’zosi etib saylandi

O‘zbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining Rivojlanish maqsadlarida fan va texnologiyalar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi etib saylandi. Komissiya dolzarb ilmiy, texnik, innovatsion va muhandislik masalalari bo‘yicha malakali maslahat yordamini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting