3−5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, shuningdek, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilish so‘raldi.

Favqulodda vaziyatlar vaziriligi sel xavfi bo‘lganda zarur harakatlar bo‘yicha tavsiyalar berdi. Unga ko‘ra:

  • sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganini (bir necha daqiqadan 10−20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;
  • sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3−5 soat davom etishi mumkin;
  • sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.

Eslatib o‘tamiz, 20 aprel kuni Samarqand va Jizzax viloyatlarida 1,5 soatda bir oylik miqdorda yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga keldi. Natijada har ikki viloyatda jami 364 ta uy-joy, 6 ta maktab va 2 ta MTMning yerto‘la va hovlilarigaga suv kirgan. 26 ta xo‘jalik turli darajada talofat ko‘rdi. 6 kishi qutqarildi, 100 dan ziyod aholi evakuatsiya qilindi. Forish tumanining Egizbuloq qishlog‘ida 5 kishi halok bo‘ldi.